Линклар

logo-print

F. Rustamxo‘jayevning ukasi: Akam nohaqliklar haqida o‘z fikrini ayta olgan!


Fuad Rustamxo‘jayev. Berlin, 30 may 2011 yil.

Fuad Rustamxo‘jayev. Berlin, 30 may 2011 yil.

O‘zbekiston Xalq Harakatining Rossiyadagi yetakchisi, o‘tgan shanba kuni Ivanovodagi uyi oldida otib ketilgan Fuad Rustamxo‘jayev 26 sentabr kuni Ivanovo shahri Bogorodskoye musulmonlar qabristoniga dafn etildi. Marhumning ukasi Bahodir Rustamxo‘jayev Ozodlik bilan suhbatida akasini xotirladi.

- Kecha mahalliy vaqt bilan soat 2 larda mayitni berishdi. Yaqinlari, xususan, men yuvdim akamni... Ivanovodan sal chetroqda Bogorodskoye degan qishloqda musulmonlar uchun ajratilgan qismida joy berishdi, qo‘ydik. Juda ham katta jamoa qatnashdi. Asr namoziga mahalliy vaqt bilan beshda janozasini o‘zim imom bo‘lib o‘qidim. Juda ko‘z yoshlar bilan turli millat vakillari – o‘zbeklar, qirg‘izlar, turkmanlar, Kavkaz millatlari va hokazo – akamni bilgan hammalari hamdardlik bildirishdi. Yaxshi tanishar ekan. Oxiratlarini obod qilsin akamni!

Ozodlik: Bahodir bu hodisa ortidagi sabablar haqida biror narsa deya olasizmi?

- Men oxirgi paytlarda Qozonda istiqomat qilar edim. Ivanovo shahriga kelib turamanu, lekin firmasi borligini bilaman. O‘zimizdan O‘zbekistondan xom-ashyo – pryaja, bo‘yalmagan bo‘z kabi narsalarni olib kelib biznes qilardi. Konflikt yoki mahalliy kelishmovchilik to‘g‘risida akamga qarshi bo‘lganlar haqida akam men bilan hech gaplashmagan. Menga shunaqa tahdid bo‘lyapti yo boshqa, deb hech gapirmagan.

Akam bilan oramizda 4 yosh farq boru, lekin judayam inoq edik. Shaxsan men bilan bu haqda bo‘lishmagan-da. Dadamiz ham kelgan edilar, Ollohga shukur, yaxshiyam kelgan ekanlar¸ ko‘rishib qolgan edik. Hech kim xayoliga keltirmagan edi, bilasizmi... Akam bizda bo‘layotgan nohaqliklar va hokazolar haqida o‘z fikrini ayta olgan. Rossiyadagi xohlagan gastarbayterdan ham so‘rasangiz, o‘sha ham (O‘zbekistondagi ahvoldan) norozi. Shu yerlarga kelib, musofir bo‘lib yuradimi?! Kimdir ichida saqlaydi, kimdir bu narsani tashqariga chiqaradi. Akam shu masalada ochiq fikr bildira olgan.



Ozodlik: Farzandlari necha yoshda?

- Oilasi shu Ivanovoda. Dadam bilan yonidamiz. Dadamga ko‘proq sabr bersin, otaga qiyin bo‘lar ekan, albatta. Hozircha shu Ivanovoda, chunki jiyanim bu yerda o‘qiydi maktabda, yaxshi baholarga. Katta jiyanim 5 sinfga boradi boradi, kichkinasi 14 oylik bo‘ldi endi. Kelinoyim homilador edi... Nasib bo‘lsa shu yil oxirlariga farzand ko‘rishadi. Buni kim qilgani, qanday millatga mansub bo‘lganidan qat‘iy nazar biz uni la‘natlaymiz! Xususan dadamga “Bolam!”, deyish juda qiyin ekan. Menga ham juda qiyin bo‘ldi: yaqin akam, inim, do‘stimdan ayrildim. Lekin bu ayrilish vaqtinchalik ayrilish, chunki bu narsani biz Ollohdan deb bilamiz va Robbimizdan biz rozimiz, qilganlar ziyon ko‘rguvchi...

Ozodlik: Bahodirjon, taksida kelganlar o‘zbek tilida gapirgan, deyishyapti. Shu gap rostmi?

- Endi bu yerda vyersiyalar juda ko‘p bo‘lyapti. Biz ham marhumning yaqinlari bo‘lganimiz uchun bevosita qatnashib turibmiz: so‘roq savolga chaqirishyapti, “Yordam beringlar, uchi chiqib qolsa ham dalda bo‘ladi”, deyishyapti. Bu narsani shu qo‘shnilardan biri aytgan, biz ko‘rganimiz yo‘q. O‘sha ayol guvohligicha, qora taksida kelgan, qora kepkali, bo‘ylari uzun, “nerusskoy vneshnosti”, ya‘ni rus bo‘lmagan. U “Ular o‘zbek tilida gaplashdi”, demagan, “Rus tilida gaplashmadi ular”, degan. Ovozlar biri biriga ko‘tarilgan va 6-7 marta uzluksiz o‘q ovozi eshitilgan... Men akamni o‘zim yuvdim, tanasidagi jarohatlarni ko‘rdim, juda ham vaxshiyona o‘ldirilgan.

Bahodir Rustamxo‘jayev bilan to‘liq suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG