Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:08

Imomlaru masjidlar nima hisobiga kun ko‘radi?


O‘zbekistonda masjidlaru ularning imomlaridan tortib, qorovullarigacha bo‘lgan diniy xizmatchilar faqat xalqdan tushadigan xayru-ehson bilangina kun ko‘rishi aytilmoqda.
O‘zbekistonda masjidlaru ularning imomlaridan tortib, qorovullarigacha bo‘lgan diniy xizmatchilar faqat xalqdan tushadigan xayru-ehson bilangina kun ko‘rishi aytilmoqda.
Sobiq imom va tinglovchilardan yig‘ilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda din xizmatchilari faqatgina xayru-ehsonga kun ko‘radi.

Bugungi dasturimizda ayrim tinglovchilarimiz tomonidan kiritilgan taklif asosida masjidlar va diniy xizmatchilarning daromadi haqida suhbatlashishga qaror qildik.

Masjidlar qanday tirikchilik qiladi, masjidga tushgan xayru-ehsonlar qayerga sarflanadi va nihoyat, bu kirdi-chiqdini nazorat qiladigan organlar bormi, mazmunida tinglovchilardan ko‘p savollar tushgan edi.

Bunday savol bilan yuzlanganlarning ko‘pchiligi bugun O‘zbekistonda imomlik qilayotgan shaxslarning hatti-harakati va xulq-atvoridan qoniqmagan edilar.

Bu gal tinlovchilardan tushgan savollarga javob topish bilan birga O‘zbekistondagi bugungi masjidlar ahvoliga oid ma‘lumotlarni ham jamlashga urinib ko‘rdik.

Diniy erkinliklar to‘g‘risida 1998 yilgi qonun qabul qilinguniga qadar O‘zbekistonda 5 mingga yaqin masjid borligi aytilar edi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasidan olingan so‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, hozir respublikada davlat ro‘yxatidan o‘tib ishlayotgan 2050 taga yaqin masjid bor.

Eng ko‘p masjid Samarqand viloyatida – 290 ga yaqin. Bu yerdagi aholi soni 3 milliondan oshiq.

Toshkent viloyatida – 230 ga yaqin. Bu yerda aholi soni 2 yarim milliondan oshiq.

Masjid ko‘p bo‘lgan keyingi viloyat Farg‘ona – 200 ga yaqin masjid bor. Bu yerda aholi soni 3 milliondan oshiq.

Andijon, Namangan viloyatlarida ham qariyb 200 tadan masjid bor. Bu ikki viloyat aholisi jami 6 millionga yaqin.

Farg‘ona vodiysida yildan yilga mahalla masjidlari soni qisqarib bormoqda. Ro‘yxatga olingan 2050 ga yaqin masjidning aksariyati esa eng kamida 1 ming yoki – 5 mingdan 6 mingga qadar jamoat yig‘iladigan jome‘ masjidlaridir.

Ozodlikka tushgan savollarning aksariyatida bu masjidlar faqatgina eldan tushadigan xayru-ehson hisobiga kun ko‘radimi, degan savol ko‘p takrorlanadi.

Afsuski, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitadan bu xususda javob ololmadik.

Ammo, O‘zbekistonda muqaddam imomlik qilgan kishilar va namozxonlar ko‘magida yig‘ilgan ma‘lumotlarga ko‘ra, imomlar, masjid xodimlari tirikchiligi va masjidlarning harajati to‘liq xayru-ehson hisobiga qoplanadi.

Boshqacha aytilsa, masjid moliyaviy jihatdan mustaqil emas, masjid xizmatchilari esa elning ehsoniga qaram bo‘lib qolgan.

Quyida eshittirishimiz ishtirokchilari - sobiq imomlar, imomlarga ishi tushganlar va aholi vakillarining bu boradagi fikrlari, hayotiy tajribalari hamda xulosalarini tinglashingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG