Линклар

logo-print
Pop-musiqa qiroli Maykl Jeksonning tasodifiy o‘limidan ikki yildan oshiqroq vaqt o‘tib, uning shaxsiy vrachi 27 sentabr kuni mahkama oldida hozir bo‘ldi.

58 yoshli Konrad Myurrey noqasddan odam o‘ldirganlikda ayblanmoqda.

Tergovga ko‘ra, vrach Jeksonga o‘ta ko‘p miqdorda og‘riqni qoldiruvchi dori berib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan. Shifokorning o‘zi esa bu ayblovni rad qiladi.

Agar qo‘yilayotgan ayblov isbotlansa, Myurrey to‘rt yilga qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG