Линклар

logo-print
AQShda doimiy yashash va ishlash haqqini beruvchi Green Card lotereyasining 2012 yilgi o‘yini natijalari e‘lon qilindi.

G‘oliblar sonining ko‘pligi jihatidan O‘zbekiston dunyo bo‘yicha birinchi o‘ntalikka kiradi. Sobiq ittifoq davlatlari orasida esa ikkinchi o‘rinda.

Joriy o‘yin har yilgidan farqli ravishda bu yil ikki marta o‘ynaldi. Dastlab 1 may kuni g‘oliblar aniqlandi, biroq ko‘p o‘tmay kompyuterdagi noqislik bois lotereya natijasi haqiqiy emas¸ deb topildi.

Navbatdagi tanlov 15 iyul kuni o‘tkazildi. Yutuqdan mosuvo qolganlardan 36 nafari AQSh Davlat departamentini sudga berdi. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham borligi aytildi.

Har yili dunyo bo‘ylab 14 millionga yaqin odam Green Card lotereyasida ishtirok etadi. Ulardan 100 mingga yaqini okean ortiga ketish imkonini qo‘lga kiritadi.

O‘tgan yili lotereyada g‘olib chiqib, AQShga ketgan o‘zbekistonliklar soni 5 mingdan ortgan edi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, ulardan 28 foizi toshkentlik, 63 foizdan ortig‘i esa samarqandlikdir.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG