Линклар

logo-print
Saudiya Arabistoni qiroli Abdulloh mashina haydagan ayolni 10 marta darralash haqidagi sud hukmini bekor qilgani aytilmoqda.

Bu haqda Saudiya shahzodasi Alvalid at-Tavilning rafiqasi, malika Amira Internet ijtimoiy tarmog‘i orqali ma‘lum qildi. Biroq bu hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

Jidda shahri sudi hafta boshida Shayma Jastaynani mashina haydagani uchun o‘n marta darra urish haqida hukm chiqargan edi.

Saudiya ayollar mashina haydashi taqiqlangan dunyodagi yagona davlat hisoblanadi. Qirollik hududida nafaqat mahalliy ayollar, balki, xorijlik ayollarga ham mashina haydash taqiqlanadi.

Jastayna ushbu taqiqqa qaramay mashina boshqargani uchun joriy yilning iyul oyida ushlanib, mahkamaga tortilgan edi.

Qirol Abdulloh keyingi paytda ayollarning huquqlari borasida bir qancha islohatlar qilayotgani uchun olqishlanmoqda.

Avvalroq qirol Abdulloh 2015 yili ayollarning ham saylovlarda ovoz berishlariga ruxsat berishi haqida e‘lon qilganidan keyin chiqdi.
XS
SM
MD
LG