Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:39

Vashington O‘zbekistonda inson huquqlari vaziyati yaxshilanayotganini aytmoqda


AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Elyor G'aniyev bilan.
AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Elyor G'aniyev bilan.
AQSh Davlat kotibi Hillari Klintonning aytishicha, O‘zbekistonda inson huquqlari vaziyati yaxshilanayotganiga ishoratlar bor.

Payshanba kuni O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Elyor G‘aniyev bilan uchrashuvdan so‘ng chiqish qilgan AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton jumladan bunday dedi.

- Biz O‘zbekiston hukumati rasmiylari bilan davom etayotgan muloqotimiz muhim deb hisoblaymiz. So‘zlashuvlar chog‘ida men va hukumatimizning boshqa rasmiylari doim xavotirimizga sabab bo‘lib kelayotgan masalalar, jumladan, inson huquqlari va siyosiy erkinliklar masalalarini ko‘tarib kelyapmiz. Hozirda O‘zbekiston bilan shu masalalarda muvaffaqiyatga erishish borasida ishlayapmiz va buning belgilarini ko‘ryapmiz. Biz barcha masalalarda aloqalarni kengaytirish istagidamiz,- dedi AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton.

Davlat kotibi shuningdek O‘zbekistonning Afg‘onistondagi AQSh kuchlariga ta‘minot yuklarining olib o‘tilishida ko‘rsatayotgan yordamini yuqori baholadi.

- Biz O‘zbekiston bilan aloqalarimizni qadrlaymiz. Shimoliy ta‘minot yo‘li masalasida ular bizga katta yordam berib kelmoqda. Shuningdek, Afg‘onistonni qayta tiklashda, rivojlanishi va mamlakatda tinchlik o‘rnatilishida O‘zbekiston afg‘onlar va Afg‘oniston hukumatiga ham yordam ko‘rsatmoqda,- deya bayonot berdi Hillari Klinton.

Afg‘onistondagi NATO kuchlariga asosiy ta‘minot yo‘li hisoblangan Pokistonda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani hamda Islomobodning Vashington bilan munosabatlari taranglashgani bois AQSh shimoliy ta‘minot yo‘lini kengaytirish istagini bildirgan.

Oq uy AQSh Prezidenti Barak Obama chorshanba kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga qo‘ng‘iroq qilib uni O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi bilan tabriklaganini ma‘lum qildi.

Muloqot chog‘ida ikki davlat rahbarlari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik qaror topishidan ham AQSh ham O‘zbekiston manfaatdor ekanini bildirgan.

Vashington inson huquqlari borasida Karimov rejimini tanqid qilib kelgan.
XS
SM
MD
LG