Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:03

Nonning narxi oshganidan xabaringiz bormi?


O‘zbekistonda nonning narxi oshdi, o‘zbekistonliklarning hammasi ham bu xabardan voqif emas.

1 oktabr kuni toshkentlik Alisher do‘kondan buxanka nonni 100 so‘m qimmatga olganini aytadi:

- Standart oq buxanka non 500 so‘m ekan. 400 so‘mdan edi har doim, - deydi toshkentlik Alisher.

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi ismini aytmagan tinglovchiga ko‘ra, buxanka non Toshkentga qaraganda qimmatroq turadi.

- Men Bulung‘urdanman, bizda buxanka non 600 so‘m, - dedi tinglovchi.

2011 yil 1 oktabrdan boshlab 600 garamm og‘irlikdagi bir buxanka non narxi 25 foizga oshdi. Shu kungacha 400 so‘mga sotilgan bir buxanka non endi 500 so‘mga sotilmoqda. O‘zbekistonda nonning boshqa turlari davlat tomonidan nazorat qilinmaydi. Oxirgi marta nonning narxi o‘tgan yil 2 oktabr kuni 350 so‘mdan 400 so‘mga, ya‘ni 14 foizga oshirilgan edi.

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanidan telefon qilgan nafaqaxo‘r Ne‘mat aka ham non qimmat bo‘lganidan shikoyat qildi:

-Bizda birinchi oktabrdan narxlar oshib, non qimmat bo‘libdi. 500 so‘m bo‘libdi, 100 so‘mga qimmat bo‘lgan. Narx-navo kun sayin oshayapti, har oyda oshayapti. Bilmayman nima bo‘lar ekan oxiri, -deydi qo‘rg‘ontepalik Ne‘mat aka.

Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi o‘qituvchi Shokirjon aka uyida tandirda non yopishi sababli ko‘chadan non sotib olmas ekan. Shu boisdan 1 oktabr kuni nonning narxi oshganidan xabari yo‘qligini aytadi.

-10 kuncha bo‘ldi, un olgan edik. Kilosini 600 so‘mdan beradi, bu un Qo‘rg‘ontepa, Andijon viloyatidagi unlar. Endi biz er-xotin o‘qituvchimiz. Oyligimiz oshganda, unning ham narxi oshadi. Bizning oyligimiz avgustda oshdi. Sekin bu tarafini ham oshirib qo‘yayapti, faqat non emas, elektr ham oshgan. Ko‘p ham bizga bilinmaydi, ishlamayotganlarga qiyin bo‘lsa kerak,- deydi izboskanlik Shokirjon aka.

Ozodlik bog‘langan Toshkent shahrida yashovchi tinglovchilardan uch nafari ham 1 oktabr kuni narx oshganidan xabari yo‘qligini aytib o‘tdi. Shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida yashovchi bir necha tinglovchi ham bugun bozordan non sotib olmagani bois, nonning narxi oshganidan xabari yo‘qligini bildirdi.
XS
SM
MD
LG