Линклар

Rossiya¸ Xitoy¸ O‘zbekiston va Tojikistonning Internetdan foydalanish bo‘yicha xalqaro kodeks ishlab chiqarish talabi bilan BMT ga yo‘llagan maktubini “so‘z erkinligiga qarshi suiqasd urinishi” deb baholadi.

Vashington inson haqlari va demokratiya borasida xalqaro maydonda yomon ot chiqargan bu hukumatlarning “xalqaro kodeks” bahonasida Internet ustidan o‘rnatgan o‘z cheklov va taqiqlarini oqlashga urinishda gumonlamoqda.

To‘rtala davlat rasmiylari BMT ga yo‘llagan qo‘shma taklif¸ moskvadagilar fikricha¸ 2012 yilda qabul qilinishi mumkin. Moskva¸ Pekin¸ Toshkent va Dushanbe Internet vositasida u yoki bu davlatdagi siyosiy rejimlarni tashqaridan turib ag‘darish ehtimolidan cho‘chimoqda va mutaxassislar fikricha¸ “arab bahori” yoyilishiga zamin yaratgan Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar ustidan o‘rnatilgan nazoratni xalqaro maydonda qonuniylashtirishga urinmoqda.

Bu hukumatlar¸ ayni paytda¸ mazkur ijtimoiy tarmoqlarning to‘lig‘icha o‘z xavfsizlik xizmatlari nazoratida bo‘lgan o‘z hududi doirasida cheklangan “toza vyersiyasi”ni taqdim etmoqda.
XS
SM
MD
LG