Линклар

logo-print
O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan aholi tomonidan iste‘mol qilinayotgan tabiiy gaz uchun belgilangan yangi tariflar 1 oktabrdan kuchga kirdi.

Uylarni isitish uchun tabiiy gazdan foydalaniladigan besh oy davomida xususiy hovli yoki ko‘pqavatli uydagi xonadon bo‘lishidan qat‘iy nazar¸ vazirlik tomonidan har oyda tabiiy gaz uchun jon boshiga to‘lanadigan tarif miqdori¸ aytilishicha¸ 18,2 foizga oshirilgan.

Endilikda o‘zbekistonliklar 1 kub metr tabiiy gaz uchun avvalgidek 79,9 so‘mdan emas, balki 94,5 so‘mdan to‘laydilar.

O‘zbekistonda tabiiy gaz narxlari so‘nggi bor shu yilning 1 aprelidan 18,3 foizga oshirilgandi.

Bundan avval¸ O‘zbekiston Moliya vazirligi aholiga ballonlarda sotiladigan suyultirilgan gaz narxini 80 foizga oshirgan edi. Shuningdek¸ 1 oktabrdan boshlab¸ issiq va sovuq suv¸ shuningdek, non mahsulotlari narxi ham oshirildi.

Hukumatning navbatdagi qarori bilan elektr energiyasi¸ benzin va jamoat transportidan foydalanish narxining ham oshirilishi kutilmoqda.

Qo‘shni Qirg‘izistonda esa mamlakat mustaqilligining 20 yili davomida ilk bor aholi uchun tabiiy gaz narxi arzonladi.

Hukumat qarori bilan 1 oktabrdan boshlab har 1000 kub metr gaz narxi 14 677 so‘mdan (taqriban 326 dollar – tahr.) 12 609 so‘mga (taqriban 280 dollar – tahr.) tushirildi.

Bosh vazir o‘rinbosari Omurbek Babanov buni “Qaztrans” shirkati Qirg‘izistonga har 1000 kubometr gazni 195 AQSh dollariga sotishga rozi bo‘lgani bilan izohladi. Ayni shu miqdordagi gazni “O‘ztransgaz” davlat shirkati Qirg‘izistonga 310 dollardan sotib kelgan.
XS
SM
MD
LG