Линклар

logo-print
AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta¸ Isroilni Yaqin Sharq mintaqasida borgan sari yakkalanib qolaëtganidan ogohlantirdi va Isroil yetakchilarini zudlik bilan Falastin ma‘muriyati bilan tinchlik muzokaralarini davom ettirish¸ Turkiya hamda Misr bilan o‘zaro ishonchni qayta tiklashga chaqirdi.

Isroil va Falastin rahbarlari bilan uchrashish uchun mintaqaga safar boshlagan Panetta¸ Isroil rahbarlariga o‘z xavfsizligiga o‘zi tahdid solmaslikni tavsiya etdi.

BMT Bosh Assambleyasi yig‘inida Falastin prezidenti Mahmud Abbos Xavfsizlik Kengashidan 1967 yilgi urush davrida Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy sohil¸ sharqiy Quddus va G‘azo sektorini mustaqil Falastin davlati deb tan olishni so‘radi.

- Isroil hukumati bu hududlarda yahudiylar uchun mahallalar quraëtgan bir paytda¸ Tel-aviv bilan bu borada muzokara o‘tkazishdan ma‘no yo‘q¸ dedi Abbos o‘z so‘rovini asoslay turib.

Ammo AQSh Falastinning bu so‘rovi Xavfsizlik Kengashida ovozga qo‘yilgan taqdirda¸ unga vyeto qo‘yajagini ta‘kidlamoqda va Falastin davlati faqat Isroil-Falastin tomoni o‘zaro murosaga erishganidan so‘nggina e‘lon qilinishi lozimligini bildirmoqda.
XS
SM
MD
LG