Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:45

Kun sayin oshayotgan narxlar sizni chaqyaptimi?


"Tepada o‘tirgan "non yemaslar"dan tashqari hamma charchagan", deydi narxlar oshgani haqida gapirgan toshkentlik suhbatdoshimiz.
"Tepada o‘tirgan "non yemaslar"dan tashqari hamma charchagan", deydi narxlar oshgani haqida gapirgan toshkentlik suhbatdoshimiz.
2011 yil 1 oktabrdan O‘zbekistonda 600 garammlik buxanka non narxi 25 foizga oshdi va shu kungacha 400 so‘m bo‘lgan bir buxanka non 500 so‘mga sotilmoqda. Aholiga yetkazib berilayotgan gaz, markazlashgan isitish tizimi xizmati, sovuq va issiq suv narxlari ham oshdi. Hukumatning navbatdagi qarori bilan elektr energiyasi, benzin va jamoat transportidan foydalanish narxlarining ham oshishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Hafta savoli ruknining bugungi sonida “Kun sayin oshayotgan narxlar sizni chaqyaptimi?” degan savolni qo‘ydik.

Abdurahim aka, samarqandlik shifokor:


Albatta, albatta chaqayapti aka. Imkoniyat yo‘q. Oyligimni 100 foiz plastikka o‘tkazgan. Vyedomostda “kommunal to‘lovlar”ga deb 100 ming qaytarib qoladi. Xohlaymanmi, xohlamaymanmi majbur bu. Mayda-chuyda xarajatlar uydagi tomorqamizdagi dehqonchiligimizdan, chorvachiligimizdan tushayotgan mablag‘ga kun ko‘rib o‘tiribmiz deyapmanda. Narxlarning ko‘tarilishi albatta bizga ta‘sir qildi. Xalq tinch turibdi. Xalq qo‘rqadi. Xalq ma‘naviy qashshoq. Xalqning o‘zi aybdor. Yuqoridagi rahbarlar aybdor emas. Lekin korrupsiyaga berilgan rahbarlar shundan manfaatdor bo‘lib yotibdi. Xalqning o‘zi aybdor. Yig‘ilib, dodini chiroyli tarzda aytib bera olmaydi.

Buxoro viloyati IIB mayori Kamolov:


O‘zimga yetadi oyligim Xudoga shukur. Harakat qilsak, uy ham quramiz Xudoga shukur, mashina ham olamiz Xudoga shukur. Oyligimizni olamiz, o‘shanga qarab mol boqamiz, boshqa qilamiz. Yo‘q, (narxlar meni chaqmayapti). Men uchun normalniy. Xudoga shukur oylik yetayapti.

ASR nashriyoti xodimi:


Arendada o‘tiramiz. Arendator “Energonositellarga narx oshdi. Arendaning narxini oshiramiz” desa, bizlarga ham ta‘siri bor. Arendaning narxi oshsa, mahsulot narxi oshadi, lekin bunaqa savollarga javob bermayman. Telefon qilib nimaga meni so‘roqqa tutayapsiz? Telefondagi so‘rovlarga javob yo‘q bizda.

Abduqahhor Musayev, pensioner:


Narxlar hammani chaqayapti, bitta bizlarni emas. Tepada o‘tirgan "non yemaslar"dan tashqari hamma charchagan. Mutlaqo to‘g‘ri kelmaydida. Umuman nima qilishni ham bilmaysiz. Qanaqa qilib yashab bo‘ladi? Odam hayron. Non-choy, non-choy, shu non-choyga ham yetmayaptiyu hozir bergan pensiyasi. yo gazga qarz bo‘lib qolasiz, yo suvga qarz bo‘lib qolasiz. Bir inson yo‘qki, “hoy, nima qilayapsizlar” deydigan. Ular yuribdi. Ana o‘rtaga tushib o‘ynab yuribdiyu prezidentimiz ham. Hech kimdan xabari yo‘q. Maqtanadi faqat televizorga chiqib. Xalqdan so‘raydigan odamning o‘zi yo‘q. Charchab bo‘ldi, tamom bo‘ldi. Oddiy fuqarolar uje charchab bo‘ldi. Prokuror, militsiya, hokimu prezident devonida o‘tirganlar, 250ta og‘zini ochib o‘tirgan Oliy Majlis senatorlari - ana ular yashayapti. Ular hozir cho‘ntagini to‘ldirib, og‘ziga ham, boshqa yog‘iga ham to‘ldirib bola-chaqasini o‘ylab yotibdida. Nima qilsin bechora xalqimiz. Har bitta odamga bittadan militsiya qilib qo‘ygan. Yeb yotibdi ular ham. Oddiy xalqning qo‘lidan nima keladi? Hech kimning ishi yo‘q xalq bilan.

Surxondaryo viloyati IIB kichik serjanti:


Faxrlanamiz xalqqa qo‘limizdan kelguncha yordamimiz tegib yursa. Oylik, davlat bergani yetadi Xudoga shukur. Odam qancha ko‘p pul topsa, shuncha ko‘p yo‘qotadida. Odam o‘zini insofda ushlasa, yetadi.

Munisa, mebel do‘koni xodimasi:

Narxlar chaqsa chaqavyersin, qashiymizda. Narxlar oshgandan keyin to‘laymizda nima ham qilardik. Sal kamroq foizga oshirsa bo‘lmasmidi? (Maoshim) hozircha yetayapti. Ammo qancha olishim sir bo‘lib qolaqolsin.


Sergey Yejkov, mustaqil jurnalist:


Narxlar chaqyapti, chaqyapti. Eng yomoni hamma narx avtomatik tarzda ko‘tarilishida. Bu odamni xursand qilmaydi.


“Dobroye utro” sut maxsulotlari shirkati xodimasi:


Narxlar chaqyapti. Issiq suv va umuman isitish uchun narx qimmat. Men o‘z vaqtida to‘lay olmayapman. Narxlar oshgani sezilayapti.

Vyenera Isroilova, Sayohat mehmonxonasi boshlig‘i:


Hozircha biz narxlar chaqayotgani sezmayapmiz. Bizga narxlar oshgani ta‘sir qilmaydi. Chunki biz Moliya vazirligi bilan bir yillik shartnoma imzolaganmiz. Kelasi yil nima bo‘lishini ko‘ramiz. Ungacha hali yashashimiz kerak. Bilasizmi, odamlarning ishtahasi har xil. Kimgadir bir burda non yetadi. U shu nonni yeganidan xursand bo‘ladi. Kimdir yana nimanidir xohlashi mumkin. Biz esa hamma narsadan hursandmiz.

Sog‘liqni saqlash tizimi xodimasi:


Oyligim yetarli. Narxlar oshishi hozircha menga sezilmadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimasi:


Narxlar oshsa, albatta bu bizga ta‘sir qiladi, lekin bu hammasi kelishilgan holda, buni “texusloviye” deyiladi, gaz, suv, issiq quvvat energiya qayerdan kelayapti, necha pul ajratiladi davlat byudjetidan. 20 foizga narx oshishi mening o‘zim o‘ylashim bo‘yicha ko‘p.
XS
SM
MD
LG