Линклар

Tibbiyot bo‘yicha yangi sovrindorlardan birining 30 sentabr kuni vafot etganiga qaramay¸ Nobel qo‘mitasi mukofot marhumda qolajagini bildirdi.

3 oktabr kuni Shvyesiya Qirollik instituti Nobel mukofotining 2011 yilgi sovrindorlarini e‘lon qilishga kirishdi va shu kuni Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq topilgan uch olim nomini oshkor qildi.

Nobel qo‘mitasi ilm-fan sohasida dunyodagi eng nufuzli sanalmish bu mukofotning inson tug‘ma immun sistemasini o‘rganish yo‘lida olib borgan buyuk tadqiqot va kashfiyotlari uchun amerikalik Bryus Boytler¸ lyuksemburglik Yules Hoffman va kanadalik Ralf Steynmanga berilganini e‘lon qildi.

Bu yangilik ortidan Steynman ishlab kelgan Nyu Yorkdagi Rokfeller univyersiteti kanadalik olimning 30 sentabr kuni saratondan vafot etganini ma‘lum qildi.

Univyersitet e‘lon qilgan bayonotda¸ Steynmanning to‘rt yil muqaddam oshqozon osti bezi saratoniga chalingani va uning umri olimning o‘zi yaratgan immunterapeyasi vositasida 30 sentabrga qadar cho‘zilgani aytiladi.

Bu xabar Nobel qo‘mitasini¸ o‘z tarixidagi qiyin qarorlardan biri qarshisida qoldirdi - zotan qo‘mita nizomiga 1974 yili kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra¸ Nobel mukofotlari faqat tirik olim va arboblarga berilishi shart.( Mukofot e‘lon qilinishi va uning taqdimoti orasida yuz beradigan o‘lim¸ bundan mustasno.)

Shu bois dushanba kuni xalqaro jamoatchilik Nobel qo‘mitasi Steynmanning taqdirlanishi borasidagi qarorini o‘zgartirish-o‘zgartirmasligi borasida mubohasa boshladi. Ammo bu bahs ko‘pga cho‘zilmadi va sanoqli soatlar ichida qo‘mita Ralf Steynmanning vafot etganidan bexabar holda qabul qilingan qaror o‘z kuchida qolajagini e‘lon qildi.

- Bryus Boytler¸ Yules Hoffman va Ralf Steynman birgalikda immun tizimi ishlashining eng muhim prinsiplarini kashf qilish orqali bizning o‘z immun tizimimizni tushunishimizda inqilob yasadilar. O‘z kashfiyotlari bilan bu uchala olim kasallik mexanizmiga oid yangi qarashlarni barpo qildilar. Ular yuqumli kasalliklar¸ saraton¸ yallig‘lanish¸ avto-immun kasalliklarini davolash va ular oldini olish¸ shuningdek emlash taraqqiyotida yangi istiqbollar ochdilar¸ dedi Nobel qo‘mitasi qarorini o‘qib eshittirgan qo‘mita a‘zosi Hans-Gustaf Lyanggren.

Inson immun tizimi bilan bog‘liq bu kashfiyotlar¸ mutaxassislarga ko‘ra¸ immunitet buzilishi bilan bog‘liq astma¸ saraton¸ revmatik artrit kabi kasalliklarni davolashda yangi dorilar yaratish uchun zamin bo‘lmoqda.

Nobel qo‘mitasi qaroriga muvofiq¸ Boytler va Hoffman inson immun tizimini faollashtiruvchi reseptor oqsillarni qashf qilganlari uchun mukofot pulining yarmi - qariyb 1¸5 million AQSh dollarini o‘zaro bo‘lishib oladilar.

Qo‘mitaning dastlabki qaroriga binoan¸ 1973 yili immun tizimiga zararli mikro-organizmlardan himoyalanish imkonini beruvchi hujayralarni kashf qilgani uchun Ralf Steynman mukofot pulining qolgan yarmini olishi lozim edi. Ammo uning o‘limi e‘lon qilingach¸ bu pulning kimga berilishi noma‘lum qolmoqda.

Nobel mukofoti 10 dekabr¸ bu mukofot asoschisi Alfred Nobel o‘lgan kuni¸ o‘z yangi egalariga topshiriladi.

Joriy hafta davomida fizika¸ kimyo¸ adabiyot va tinchlik bo‘yicha 2011 yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e‘lon qilinadi.

1968 yili Shvyesiya Markaziy banki tomonidan ta‘sis etilgan iqtisod bo‘yicha Nobel mukofotining 10 oktabr kuni e‘lon etilishi kutilmoqda.

Xalqaro maydonda eng mashhur mukofot - Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotining yangi sovrindori nomi juma kuni Osloda e‘lon qilinadi va besh a‘zodan iborat Norvyegiya Nobel qo‘mitasi o‘z an‘anasiga sodiq qolgan holda¸ tanlangan so‘nggi nomzodlar nomini qattiq sir tutmoqda.

Bu yil mazkur mukofotga 241 arbob nomzodining qabul qilingani va ular orasida afg‘onistonlik huquq faoli Sima Samar¸ Rossiyadagi Memorial inson haqlari tashkiloti¸ Zimbabvye Bosh vaziri Morgan Svangiray¸ Germaniya sobiq kansleri Helmut Kol va Yevropa Ittifoqining borligi aytilmoqda.

Tinchlik bo‘yicha 2010 yilgi Nobel mukofoti Xitoy qamog‘ida qolayotgan dissident Lyu Syaoboga berilgan edi.
XS
SM
MD
LG