Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:45

Sankt-Peterburgda ish beruvchi o‘zbek ishchisini otib tashladi


Russia -- The target and the machine pistol Makarov, 01Dec1997
Russia -- The target and the machine pistol Makarov, 01Dec1997
Sankt-Peterburg Tergov qo‘mitasining ma‘lum qilishicha¸ o‘zbekistonlik ikki mehnat muhojiriga o‘q uzgan mahalliy tadbirkor Andrey Sokolov qo‘lga olingan.

Tergov taxminiga ko‘ra¸ 30 sentabr kuni Sankt-Peterburgning Moskva shossesida mahalliy ish beruvchi va o‘zbekistonlik uch ishchi o‘rtasida oylik masalasida janjal yuzaga chiqqan.

Tortishuv chog‘ida yuk mashinalarini kiraga berish bilan shug‘ullanib kelgan Andrey Sokolov ikki gastarbayterga pistoletdan o‘q uzgan. Boshidan o‘q yegan o‘zbekistonlik muhojirlardan biri yakshanba kuni kasalxonada jon bergan.

O‘sha kuniyoq Tergov qo‘mitasi “qotillik” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘agan.

Andrey Sokolov 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.
XS
SM
MD
LG