Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:53

"Green Card" tanlovi bugun boshlanadi


AQSh da doimiy yashash va ishlash haqqini beruvchi «Turli Millat Vakillari uchun Immigratsion Vizalar» (Green Card) bo‘yicha otkaziladigan lotereyaning 2013 yilgi o‘yini bugun, 4 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi va 5 noyabrgacha davom etadi.

AQSh Davlat departamenti har yili qolgan dunyo aholisiga oktabr oyida bir oy ichida o'tkazadigan "Green Card" lotereyasida 50 ming odam AQShga borish uchun "yashil yo'llanma"ga ega bo'lishadi. "Green Card" sohiblari AQSh da vizasiz doimiy yashash va ishlash haqqiga ega bo'lishadi. AQSh hududida bir necha yil yashaganlaridan so'ng esa ular mamlakat fuqaroligini olishlari mumkin bo'ladi.

Har qanday lotereya kabi yutuqning kimga chiqishi mutlaq tasodif bo‘lishi aytiladigan "Green Card" lotereyasini yutayotganlar orasida keyingi yillarda o‘zbekistonliklar soni oshib bormoqda. AQSh rasmiylari Ozodlik bilan suhbatda buni lotereyaga hujjat topshirayotgan o‘zbekistonliklar sonining yil sayin oshib borayotgani bilan izohlashdi.

2011 yilgi lotoreya natijalari bo'yicha, o‘zbekistonliklar yutuq chiqqanlar orasida dunyoda oltinchi o‘rinni egallagan edi (5091 yutuq). 2012 yilgi o'yinda esa O'zbekiston yutuqlar bo'yica to'rtinchi o'rinni egalladi (4800 yutuq).

Ma‘lumotlarga ko‘ra, "Green Card" lotoreyasida g'ilib chiqgan o'zbekistonlilarning aksari samarqandlikdir.

"Green Card" lotoreyasiga hujjatlaringizni bu yerda topshirishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG