Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 20:33

Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi otib tashlandi


Rossiyada o‘zbekistonlik mardikorlarning noxush voqeaa tushib qolishi holatlari ko‘paymoqda.
Rossiyada o‘zbekistonlik mardikorlarning noxush voqeaa tushib qolishi holatlari ko‘paymoqda.
O‘tgan juma kuni, kechki payt Sankt-Peterburg 26-shahar shifoxonasiga boshidan jarohat olgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Hodisani tekshirayotgan tergovchilar o‘zbekistonliklar o‘z ish haqlarini talab qilganliklari uchun mahalliy tadbirkor tomonidan o‘qqa tutilganini aniqladi.

Sankt-Peterburg shahar Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, fojea 30 sentabr kuni Kolpin va Moskva shosselari tutashgan joyda sodir bo‘lgan.

“Peterburgda yuk mashinalarini ijaraga berish bilan shug‘ullangan, asli Ulyanovsk shahridan bo‘lgan 35 yoshli biznesmen Andrey Sokolov ayblanuvchi sifatida hibsga olindi”,- deya ma‘lum qildi Ozodlikka shahar Tergov qo‘mitasi rasmiysi, adliya polkovnigi Sergey Kapitonov.

- Gumonlanuvchi va uning shirkatida haydovchi bo‘lib ishlagan o‘zbeklar orasida oylik maoshi berilmagani ustida mojaro kelib chiqqan. Sokolov ishchilardan qarzini uzish o‘rniga travmatik pistoletidan uch o‘zbekistonliklardan ikkisini og‘ir yaralagan. Boshiga yaralangan mehnat muhojirlaridan biri kecha, 2 oktabr kuni shifoxonada vafot etdi,- dedi Sankt-Peterburg shahar Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Sergey Kapitonov.

Uning aytishicha, O‘zbekiston fuqarolari Sankt-Peterburgning 26-shifoxonasiga og‘ir ahvolda keltirilgan.

Yaralangan o‘zbekistonliklardan yana birining ahvoli haqida 26-chi shifoxona mutasaddilari ma‘lumot berishdan bosh tortdi.

Uch mardikor orasida omon qolgan o‘zbekistonlik politsiyachilarga voqea tafsilotlarini gapirib bergan va biroz vaqtdan so‘ng qidiruv amaliyoti natijasida bu jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan ulyanovsklik Andrey Sokolov hibsga olinib, shahar tergov izolyatoriga jo‘natilgan.

30 sentabr kuni voqea yuzasidan Sankt-Peterburg Tergov qo‘mitasi Rossiya Jinoyat Kodeksining 30 va 105 moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochdi.

Tergov ishlari davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG