Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:03

OFK kubogi yarim finali: "Nasaf" - "Al-Vihdat" 1:0


4 oktabr kuni Qarshining "Nasaf" futbol klubi OFK kubogi yarim finali doirasida Iordaniyaning "Al-Vihdat" klubini Qarshi markaziy stadionida qabul qildi. Qiyin ab-havo sharoitida o'tgan o'yinda "Nasaf" jamoasi 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Kuchli yomg'ir tufaylo ozgina kechiktirilgan o'yinning dastlabki daqiqalaridan "Nasaf" oldinga intila boshladi. Bir necha bor qilingan urinishlarga qaramay, iordaniyaliklar "Nasaf" hujumlarini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. O'yinning 7-daqiqasida esa "Al-Vihdat" o'yinchilarida qulay vaziyat bo'ldi. Biroq "Nasaf" darvozaboni Murodjon Zuhurov raqib zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

O'yinning 22-daqiqasida esa qarshilik Mirzakamol Kamolovning raqib darvozasini ishg'ol qilishiga darvoza ustuni xalaqit berdi. Ustunga tegib qaytgan to'pni esa "Nasaf" hujumchisi Ivan Boshkovich darvoza taraf yo'llay olmadi.

O'yindagi hisob 44-daqiqada ochildi. "Al-Vihdat" himoyachisi Bosim Fatxi o'z jarima maydoni ichida to'pni ko'kragi bilan qabul qilayotgan Ivan Boshkovichni turtib yubordi. Gongonglik bosh hakam hech ikkilanib o'tirmay "Al-Vihdat" darvozasi tomon pentalti belgiladi. Penaltilar seriyasida Taylandning "Chonburi" klubi darvozasini ishg'ol etgan Jahongir Jiyamurodov bu safar ham adashmadi - hisob 1:0.



Ikkinchi bo'libda hisob o'zgarmadi. Shunday qilib, Qarshining "Nasaf" klubi OFK kubogi yarim finalining dastlabki o'yinida g'alabaga erishdi. Javob o'yini 18 oktabr kuni Iordaniyadagi "Qirol Abdulloh" stadionida bo'lib o'tadi.

Javob o'yiniga "Nasaf" jamoasi asosiy tarkib a'zosi himoyachi Boyan Malishichsiz chiqadi. Malishich sariq kartochkalari soni ikkitaga yetgani sabab kelasi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur.
XS
SM
MD
LG