Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:12

O‘shda shahar kuni nishonlandi


Ozodlik bilan suhbatlashgan o‘shlik o‘zbeklar esa odamlarda bayram kayfiyati sezilmayotganini, ular kundalik tashvishlar bilan band ekanini aytmoqdalar.

O‘sh shahar hokimi Melis Mirzaqmatovga ko‘ra, bayram tadbirlarida o‘shliklar faol ishtirok etmoqda.

O‘sh merining aytishicha, bayram oldidan barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgan.

O‘sh shahar o‘zbek milliy-madaniy markazi rahbari Rashidxon Xo‘jayev esa bugun markaz alohida bayram tadbirlarini uyushtirmaganini, biroq o‘shlik o‘zbeklar shahar hokimiyati tomonidan uyushtirilgan tadbirlarda qatnashayotganini aytdi:

- Uch kundan beri bizda bayram bo‘layapti, 3-4-5-chislolarda. Ko‘p yangi ko‘chalarning ochilishi bo‘ldi, yangi qurilgan uylarning ochilishi bo‘ldi, bolalar maydonchalarining ochilishi bo‘ldi. Shunaqa yaxshi tadbirlar bo‘layapti. Bizning xalqimiz, maktablar, mahallalar birga qo‘shilib o‘ynab yurishibdi. Hamma yaxshi kayfiyatda. Lekin biz bu yilcha tadbir uyushtirmadik. Hozir millat alohida bo‘lishini xohlamadik. Shahar hokimiyati tadbirlariga birga aralashib yuribmiz, - dedi Rashidxon Xo‘jayev.

O‘shdagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi O‘zbek akademik drama teatri rahbari Baxtiyor To‘xtamatovga ko‘ra, teatr jamoasi O‘sh shahri markaziy maydonida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda:

- Massoviy stsenalarda bor. Keyin konsertniy programmalarda bor, - dedi Baxtiyor To‘xtamatov.

Biroq biz bilan suhbatlashgan o‘shlik oddiy o‘zbeklar odamlarda bayram kayfiyati yo‘q, deb hisoblashadi. O‘shlik Hayrillo aka ko‘ra:

- Televizorlarda ham “O‘sh shahar bayrami” deb keng aytilmadi. Endi hozir jabr tortgan odamlarning o‘y-fikri faqat uy qurishda. Qurilish sust ketayapti. Ayniqsa, ustalarning xizmat haqi qimmatlab ketdi. O‘tgan yili 1 dona g‘ishtni 1 som 80 tiyin – 2 so‘mdan (taqriban 4,5 tsent – tahr.) urgan bo‘lsa, bu yil 3 so‘mdan (taqriban 7 tsent – tahr.) kammas 1 dona g‘isht urishi. O‘tgan yili Qizil xoch tashkiloti ohak, qum, tsement bilan slojniy rastvor qildirib, g‘isht urdirgan edi. Bu yil esa uchga bir bo‘layapti. 3 qop qumga bir qop tsement, 1 arava sariq tuproq qo‘shtirib, rastvor qilib, g‘isht urdiryapti, - deydi o‘tgan yilgi voqealar chog‘ida uyi yonib ketgan o‘shlik Xayrullo aka.

O‘z ismini oshkor qilishni istamagan o‘shlik ayollardan biri esa bugun O‘shda bayram bo‘lishidan bexabar ekanini aytadi:

- Bayramni hech kim o‘ylamayapti ham. Hozir ko‘chada hamma o‘zini ishi bilan yuribdi, bayram kayfiyati yo‘q. Kimdir o‘qishga, kimdir ishga, yana kimdir o‘zining boshqa ishlari bilan yuribdi. Bugun bayramligi ham esimizda yo‘q, - dedi o‘shlik ayol.

O‘shlik huquq himoyachisi Izzatillo Rahmatullayevning aytishicha, 2010 yil iyun voqealaridan keyin o‘shlik o‘zbeklar orasida bayram tadbirlarida qatnashishga qiziqish susaygan.

- Bugun O‘shda yomg‘ir yog‘di, havo aynib turibdi. Ko‘chada odam oz. O‘zbeklarda bayramona kayfiyat qayoqda deysiz - hamma o‘z tirikchiligi bilan ovora. O‘tgan yilgi voqealardan keyin o‘zbeklar ommaviy bayramlar yoki boshqa tadbirlarga qatnashmay qo‘ygan, bu fakt, - dedi huquq faoli Izzatillo Rahmatullayev.
XS
SM
MD
LG