Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:03

Toshkentda taniqli san‘atkorlar kontsert bermoqda


MDH mamlakatlari Yoshlar simfonik orkestrining dunyoga mashhur dirijyori Vladimir Spivakov 5 oktyabr kuni Toshkentdagi “Turkiston” san‘at saroyida kontsert berdi¸ deb yozdi o‘zbek nashrlari.

MDH yoshlar simfonik orkestri 95 musiqachidan tashkil topgan bo‘lib¸ ularning 9 nafari o‘zbekistonlik iste‘dodlardir.

Aytilishicha¸ Spivakov “O‘zbekiston madaniyati va san‘ati forumi” jamg‘armasi (Fond Forum) tomonidan Art Week Style.uz 2011 san‘at tadbirlari doirasida Toshkentga taklif qilingan.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova yetakchilik qiladigan Fond Forum jamg‘armasining mazkur tadbiri doirasida yana bir jahonga mashhur bastakor Ennio Morrikone ham 23 oktyabr kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida kontsert beradi.

Bu tadbirlar Karimovaning O‘zbekistonni G‘arb klassik musiqasi yuksak qadrlanadigan mamlakatlardan qilib ko‘rsatish yo‘lidagi navbatdagi urinishlari sifatida baholanmoqda.

Ayni paytda huquq himoyachilari va G‘arb jamoatchiligi hozirgi kunlarda O‘zbekistonda ikki milliondan oshiq maktab bolalari va kollej yoshlarining o‘qish o‘rniga paxta terishga majburlanayotganini keskin qoralamoqda va davlat tomonidan uyushtirilayotgan majburiy bolalar mehnatini to‘xtatish borasidagi bosimni kuchaytirmoqda.
XS
SM
MD
LG