Линклар

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ikki yildan beri qit‘aning eng yaxshi hakami deb e‘lon qilib kelinayotgan o‘zbekistonlik Ravshan Ermatovni Osiyo chempionlar ligasining final o‘yiniga hakam etib tayinladi.

Konfederftsiya matbuot xizmatiga ko‘ra, final o‘yini to‘rtinchi yoki beshinchi noyabr kunlari Saudiya Arabistoni yoki Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

Final o‘yinida Ravshan Ermatovga o‘zbekistonlik Abduhamid Rasulov va qirg‘izistonlik Boxodir Qo‘chqorov yordam beradi.

Osiyo Futbol konfederatsiyasining 2011 yilgi kubogi uchun final o‘yinida Saudiya Arabistonining Al-Ittihod va Janubiy Koreyaning Jemmbuk Xunday Motors hamda Janubiy Koreyaning Suvong Samsung Bluvings va Qatarning Al-Sadd jamoalari o‘yinda g‘olib chiqqan jamoalar kuch sinashadi. Eslatamiz, Suvong Bluvings jamoasida O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Aleksdandr Geynrix to'p suradi.

2007 yilda ham Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi final o‘yinida Yaponiyaning Urava Reds va Eronning Sepaxon jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga hakamlik qilgan.

O‘sha o‘yinda 2:0 hisobida g‘alabaga erishgan yaponlar Osiyo kubogining sohibi bo‘lgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG