Линклар

O‘zbekistondagi AQSh elchixonasining Konsullik bo‘limi rahbari Devid Mikoning aytishicha¸ Amerikada yashash va ishlash huquqini beruvchi Green Cardning 2011 yilgi lotereyasi g‘oliblari soni bo‘yicha O‘zbekiston 5-o‘rinni egallagan.

2012 yil lotereyasi uchun hujjat topshirish jaraëni boshlangani munosabati Toshkentda o‘tkazilgan matbuot anjumanida konsulning aytishicha¸ 2011 yilgi o‘yinda qariyb 4800 nafar O‘zbekiston fuqarosi Green Card yutib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Konsulning aytishicha¸ hujjatlardagi ayrim noqisliklar¸ bundan tashqari ayrim yutuq chiqqanlarning viza uchun kelmasligi oqibatida¸ AQShda doimiy yashash huquqi 3500 nafarga yaqin o‘zbekistonlikka beriladi¸ xolos.

AQShga doimiy jo‘nab ketish uchun yo‘l ochadigan Immigratsiya vizasi narxi¸ hozirda kishi boshiga 819 AQSh dollarini tashkil etadi.

2011 yilgi lotereya yutuqlari bo‘yicha birinchilik nigeriyaliklarga tegishli va o‘tgan yilgi o‘yin natijalari bo‘yicha ularning 6000 nafariga Green Card tekkan. Birinchi o‘nlikka kirganlar ichida ganaliklar (5800)¸ ukrainaliklar (5790)¸ efiopiyaliklar (5500) va keniyaliklar (4700) bor.

Har yil oktyabr oyida AQSh Davlat departamenti tomonidan o‘tkaziladigan Green Card lotereyasi natijasida jami 50 ming xorijiyga Amerikada doimiy yashash haqqini beruvchi Immigratsiya vizasi taqdim etiladi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG