Линклар

Ixtiro mualliflari orasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasida uzoq yillar ishlagan nanotexnologiyalar bilimdoni Ali Aliyev ham bor.

Ko‘rinmas odam yoki odamni ko‘rinmas qiladigan qalpoq yoki yomg‘irpo‘sh haqida faqat ertaklarda o‘qiganmiz.

Amerikada yashovchi o‘zbekistonlik olim ertaklardagi bu holatni reallikka aylantirdi.

Dallasdagi Texas universiteti tadqiqotchilari Ali Aliyev rahbarligi ostida ko‘rinmas matoni ixtiro qilishdi.

Sarob effektini beruvchi bu matoh uglerod nanotrubkachalar asosiga qurilgan.

- U elektr toki ta‘sirida tez qiziydi va tez issiqlik o‘tkazuvchanligi va yupqaligi bilan sarob effektini paydo qilishga qodir. Bir qancha molekula qalinligidagi bu matoh o‘z optik diapazonida joylashgan ob‘ektlarni ko‘rinmas holga keltirishi mumkin. Juda yupqa plyonka, deyarli ko‘rinmaydigan plyonka bu. Uni biron ob‘ektni oldiga olib kelsangiz, u ko‘zga ko‘rinmaydigan holga keladi. Atrofdagi narsalar ko‘rinadi, uni ortidagilar ko‘rinmas bo‘lib qoladi, - deydi kashfiyot muallifi, Dallasdagi Texas universiteti professori Ali Aliyev Ozodlik muxbiri bilan suhbatda.

"Bu ixtironing mohiyati va ahamiyati nimada va qaysi sohalarda bundan foydalanish mumkin?" deb so‘raymiz olimdan.

- Tadqiqotlarni boshlaganimizda maqsadimiz optik deflektorlar, ya‘ni lazer nurlarini tez qaytara oladigan materialni kashf etish bo‘lgan edi o‘zi asli va mana bunga erishdik, - deydi Aliyev.

Texaslik olimlar yaratgan ko‘zga ko‘rinmas matoning qanday ishlashini Nanotechnology internet jurnalidagi videomaterialda ko‘rish mumkin.



Doktor Aliyev saksoninchi yillarda O‘zbekiston fanlar akademiyasida ishlagan. Olim o‘zbek tilida qiynalsa ham, gapira oladi.

- Akademiyada, elektronika institutida ishlaganman, keyin termo-fizika institutida ham ishladim. Termo-fizika institutida 25 yil ishladim. Judayam axshi vaqtlar edi. Xullas, 2002 yilgacha Toshkentda ishladim. Keyin Janubiy Koreyada to‘rt yil ishlab, AQShga keldim. Hozir Dallasdagi Texas universitetidaman, - deydi Ali Aliyev.

Hozir 56 yoshda bo‘lgan olim nanotexnologiyalar borasida 60 dan ortiq ilmiy izlanish hamda 10 ga yaqin patent muallifi hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG