Линклар

Uz-Texaco O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi va Bolgariyaning Prista Oil Group shirkati O‘zbekistonda sintetik motr moyi ishlab chiqara boshladi.

Uz-Texaco shirkatiga asoslanib UzDaily.uz nashrining xabar qilishicha, motor moyi “Prista” savdo markasi bilan ishlab chiqarilmoqda.

Hozirgacha 10 ming tonna Prista Ultra (5W40) sintetik motor moyi ishlab chiqarilgan.

Mazkur loyihaga qancha sarmoya yotqizilgani oshkor qilinmadi. 2012 yilda 5 million tonna sintetik, yarim sintetik va yuqori sifatli mineral motor moylari ishlab chiqarish rejalangan.

O‘zbekiston ichki bozorini sifatli moylash mahsulotlari bilan ta‘minlash maqsadida 1997 yilda Uz-Texaco qo‘shma korxonasi tuzilgan.

O‘zneftmahsulot va AQShning Chevron shirkatlari ushbu qo‘shma korxona ta‘sischilari hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG