Линклар

logo-print
Italiya O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a‘zo bo‘lishini ilgari suradi va qo‘llab-quvvatlaydi.

Buni Savdo, iqtisodiyot va sanoat hamkorligi bo‘yicha O‘zbekiston-Italiya hukumatlararo ishchi guruhining Toshkentda bo‘lib o‘tgan 5-yig‘ilishida Italiya Taraqqiyot vaziri o‘rinbosari Katiya Polidori aytdi.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligiga asoslanib Regnum axborot agentligining xabar qilishicha, yig‘ilishda savdo-iqtisodiy va investitsiya bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish borasida fikr almashilgan.

O‘zbekiston tomoni ma‘lumotiga ko‘ra, o‘tgan yil Italiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmi 151,9 million AQSh dollarini, 2011 yilning yanvar-avgust oylarida esa 153,9 million dollarini tashkil qilgan.

Hozir O‘zbekistonda Italiya sarmoyasi ishtirokida 28ta qo‘shma korxona va Italiyaning to‘rtta shirkati faoliyat yuritmoqda.
XS
SM
MD
LG