Линклар

logo-print

13 yoshli Bahodir paxtadan qaytayotib avtohalokatga uchradi


13 yoshli Bahodir Pardayev 24 sentyabrdan buyon koma holatida yotibdi.

13 yoshli Bahodir Pardayev 24 sentyabrdan buyon koma holatida yotibdi.

Chiroqchilik 7-sinf o‘quvchisi Bahodir Pardayev paxta terimidan qaytayotib avtohalokatga uchrab, 13 kundan buyon hushsiz yotibdi.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 24-maktabning 7-sinf o‘quvchisi, 13 yoshli Bahodir Pardayev 24 sentyabr kuni paxta terimidan qaytayotib, avtohalokatga uchradi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan Bahodirning otasi Adham Pardayevga ko‘ra, o‘g‘li 13 kundan buyon hushsiz yotibdi.

- Paxtaga o‘qituvchilari olib chiqqan. Noqonuniy olib chiqqan. Direktor, selsovetning raislari kelib aytib, paxtaga olib chiqqan. Maktab direktoriga kelib, prikaz qilib olib chiqqan. Shaxsiy mashinasida olib chiqib, bularni paxta terdirib, obedda qo‘yib yuborgan. Katta tsentralniy yo‘lda bolalar ketayotganda orqasidan mashina kelib urgan. Matiz mashinasi. Faqat bizning o‘g‘il Bahodirni urib ketgan mashina. Keyin bular bolnitsaga olib borgan. 24 sentyabrda bo‘lgan bu voqea. Shundan beri bola o‘zini bilmaydi. Miyada qon qotgan deb aytishayapti. Bahodirning sog‘lig‘i yomon. Bolnitsaga yotgandan beri shu ahvol. O‘zgarish yo‘q. Komada yotibdi,- dedi Adham Pardayev.

24 maktab direktori Go‘zal Mustafoyeva Ozodlik bilan suhbatda Bahodirning aynan paxtadan qaytayotgan payti avtohalokatga uchraganini tasdiqladi.

Lekin maktab direktori Bahodir baxtsiz tasodif qurboni bo‘lgan, deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, o‘sha kuni maktab o‘quvchilari hashar uchun faqat bir kunga paxtaga olib chiqilgan.

- Bu baxtsiz tasodif. Bunday bo‘lishini hech kim xohlagani yo‘q. Masalan, men ham xohlaganim yo‘q. Bizlarda yig‘ilishlarda “yordam beringlar, o‘qituvchi, o‘quvchilar hasharchi sifatida yordam beringlar” degani uchun bizlar hashar sifatida olib chiqqan edik. Bir kun hasharga deb olib chiqqan edik biz. Shanba, yakshanba kuni terimchilarga yordamchi sifatida olib chiqqan edik. Hech kim majburlagani yo‘q paxtaga chiqinglar deb. Ob-havo o‘zgarib ketayotganligi sababli qor-yomg‘irga qolmasin, yig‘ishtirib olaylik deb yordam berishga chiqqan edik. Paxta hammamizning boyligimizku,- dedi maktab direktori Go‘zal Mustafoyeva.

Bu voqeani o‘rganayotgan qarshilik huquq faoli Gulshan Qorayeva esa, 13 yoshli Bahodir davlatning paxta siyosati qurboni bo‘lgan deb hisoblaydi.

- Meni hozir Pardayevning ota-onasi bilan birgalikda bolnitsaga bordim. Bahodir yotgan 9-palatasiga kirdim. Bolani ko‘rdim. Bola juda ham ahvoli og‘ir, komada yotibdi. Nima uchun bizlarning bolalar paxta uchun qurbon bo‘lib, nogiron bo‘lib qolishi kerak? Nima uchun bolalar paxtaga chiqariladi? Hozir bu bolaning komadan chiqishi, 100 foiz avvalgi holatiga kelishi noma‘lum. Bundaylar soni minglab bo‘lishi mumkin. Bolalarni umuman paxtaga chiqarmaslik kerak. Mana hozir surishtiruv olib borayapman. 5-sinfdan yuqori, bir xil tumanlarda 7-sinfdan yuqorilar chiqayapti. Bunaqa ketishda ko‘za kunda emas kunida sinishi mumkin. Nima uchun odamlarning sog‘lom bolasi paxta uchun nogiron bo‘lishi kerak. Hukumatning o‘zi ham bir o‘ylab ko‘rishi kerak,- deydi Gulshan Qorayeva.
XS
SM
MD
LG