Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:33

Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushadi


Bugun futbol bo‘yicha 2014 yilda Braziliyada bo‘ladigan jahon birinchiligining 3-tur saralash o‘yini doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) terma jamaosiga qarshi maydonga tushadi.

O‘yin Shimoliy Koreyada bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi.

O‘zbekiston terma jamoasi 10 oktyabr kuni Toshkentdan Pxenyanga jo‘nab ketishidan oldin milliy jamoa bosh murabbiysi Vadim Abramov Shimoliy Koreya jamoasiga qarshi o‘yinda ishtirok etadigan 21 futbolchining ro‘yxatini e‘lon qildi.

Xabarlarga ko‘ra, Temur Jo‘rayev, Saxob Jo‘rayev, Kamoliddin Tojiyev va Baxodir Nasimov milliy jamoa tarkibida Shimoliy Koreyaga jo‘nab ketmagan.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi saytida aytilishicha, milliy terma jamoamiz a'zolari Shimoliy Koreyaga uchib kelganda bojxonada ancha uzoq vaqt davomida o'tishlariga to'g'ri kelgan. Boz ustiga ular o'z mobil telefonlarini aeroportda qoldirishga majbur bo'lishgan.

Ma'lum bo'lishicha, O'zbekiston milliy terma jamoasi oq libosda, KXDR esa qizil libosda maydonda tushadi.

"Yosh to'lqin" loyihasi Pxenyanda o'tadigan o'yinni jonli ravishda ko'rsatishga harakat qiladi.
XS
SM
MD
LG