Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:28

Braziliya 2014: Shimoliy Koreya - O'zbekiston 0:1


Bugun futbol bo‘yicha 2014 yilda Braziliyada bo‘ladigan jahon birinchiligining 3-tur saralash o‘yini doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) terma jamaosiga qarshi o'yinda 0:1 hisobi bilan g'alaba qozondi.

Pyongyangda bo'lib o'tgan o'yin juda keskin va murosasiz o'tdi, deyiladi O'zbekiston Futbol Federatsiyasi veb-saytida. O'yinning 25-daqiqasida Aleksandr Geynrix tarafidan kitilgan gol esa o'yin so'nggiga qadar yagonaligicha qoldi.

Federatsiya tarqatgan xabarga ko'ra, KXDR terma jamoasi o'yinchilari ham to'p kiritish uchun qattiq urinishdi va bir qator imkoniyatlarga ega bo'lishdi. Ammo O'zbekiston termasi darvozaoni Ignatiy Nesterov va himoyachilar raqibning barcha hujumlarini bartaraf etishga muvaffaq bo'lishdi.

Ko'pchilikga ma'lum, Shimoliy Koreya dunyoning eng yopiq mamlakatlaridan biridir. Shu sabab tufayli Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da boshlangan o'yin jarayoni haqida batafsil ma'lumot olishning ilojisi bo'lmadi. FIFA, Eurosport va boshqa bir qator sport bo'yicha veb-saytlar o'yin tugagunga qadar hisobni 0:0 deb ko'rsatib turishdi.

.UZ domen hududidagi sport veb-portallari orasida faqat www.championat.uz tezkor ma'lumot olishni uddasidan chiqdi va hisob 0:1 bo'lganini birinchilardan bo'lib e'lon qildi. Odatda o'yin tafsilotlarini jonli olib boruvchi FIFA rasmiy veb sayti ham faqat o'yin tugaganidan so'ng hisob 0:1 bo'lganini e'lon qildi.

Shunday qilib, hozircha uchta o'yin o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi 7 ochko bilan guruhda birinchi bormoqda. Terma jamoamizning bosqichdagi keyingi uchrashuvlari 11 noyabr kuni Shimoliy Koreyaga (Toshkent), 15 noyabr kuni Tojikistonga (Toshkent) va 29 fevral kuni Yaponiyaga (Yaponiya) qarshi o'tadi.
XS
SM
MD
LG