Линклар

Rossiya Markaziy banki joriy yilning ikkinchi choragida Rossiyadan Tojikistonga 742 million dollar pul jo‘natilganini ma‘lum qildi.

Bu MDH davlatlari ichida ikkinchi yuqori ko‘rsatkich ekani aytilmoqda. Rossiya Markaziy banki tarqatgan hisobotga ko‘ra, joriy yilning ikkinchi choragida Rossiyadan O‘zbekistonga 1 milliard 67 million AQSh dollari miqdorida pul jo‘natilgan.

O‘tgan yilning shu davrida esa mehnat muhojirlari O‘zbekistonga 636 million AQSh dollari miqdorida pul jo‘natgan edi.

Rossiyadagi mehnat muhojirlari buning sababini o‘zbekistonlik mardikorlarining soni ko‘payganligi bilan izohlamoqda.
XS
SM
MD
LG