Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:39

Herman Keyn: Ubeki-beki-beki-ston-ston ahamiyatsiz mamlakat


Herman Keyn
Herman Keyn
AQSh hukumati O‘zbekiston bilan aloqalarni yaxshilashga urinayotgan bir paytda O‘zbekiston Amerikada boshlangan prezident saylov oldi kampaniyasi mavzusiga ham aylandi. Kuni-kecha Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka da‘vogarlardan biri Kanzas Siti Markaziy Banki raisi Herman Keyn Amerikadagi CBN kanali (Christian Broadcasting Network) bilan suhbatda O‘zbekiston haqidagi savolga javob berishiga to‘g‘ri keldi.

Jurnalist Devid Broudi qo‘qqisdan “tashqi siyosatga oid savolga javob bera olsizmi? Masalan, O‘zbekiston prezidenti kim, degan savolga javob bera olasizmi?” deya so‘radi. “Har qanday kutilmagan savolga tayyorman, bunday savollarni ko‘p berishmoqda”, dedi xotirjam Keyn. “Mendan Ubeki-beki-beki-beki-stan-stan prezidenti kim, deb so‘rashsa, men ularga yo‘q bilmayman, siz o‘zingiz bilasizmi o‘zi, deb javob beraman”, deb davom etdi O‘zbekiston rahbarini pisand qilmay AQSh prezidentligiga da‘vogar.



Hozircha Oq uyga kelishidan kelmasligi aniqroq bo‘lgan Keyn amaldagi prezident ma‘muriyati o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Afg‘oniston bo‘hronini hal etishda O‘zbekistonga tayanayotganidan xabari yo‘q, shekilli, “umuman O‘zbekistondek qandaydir kichik va ahamiyatsiz davlat rahbarining ismini bilish AQShning katta muammolarini hal qilmaydi”, deya ta‘kidladi.

Herman Keyn Kolorado, Kanzas, Nebraska, Oklahoma va Vayoming shtatlari hamda Missuri va Nyu Meksiko shtatlarining bir qismini o‘z ichiga oluvchi AQSh Markaziy Bankining 10 hududiy bo‘limi bo‘lgan Kanzas Siti Markaziy Banki raisidir. Keyn bir paytlar Godfather's Pizza restoranlar tarmog‘i xo‘jayini bo‘lgani bilan ham tanilgan.
XS
SM
MD
LG