Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:48

HRU: Qodirovdan olingan sovg‘alar chechen xalqiga qaytarilsin


Ramzan Qodirov va Jan-Klod Van Dam.
Ramzan Qodirov va Jan-Klod Van Dam.
Hyuman Rayts Uotch tashkiloti Checheniston rahbari Grozniyda uyushtirgan ziyofatda qatnashgan yulduzlarga murojaat qilib, Ramzan Qodirovdan olgan sovg‘a va pullarni chechen xalqiga qaytarishga chaqirdi.

O‘tgan xafta Chechenistonning Moskva tarafidan tayinlangan rahbari Ramzan Qodirov 35 yoshga to‘lishi munosabati bilan poytaxt Grozniyda yulduzlarga to‘la ziyofat uyushtirgan edi.

Ziyofatda ishtirok etish uchun olib kelingan mehmonlar orasida Hollivud yulduzlari Hillari Svonk, Jan-Klod Van Dam, Kevin Kostner va skripkachi Vanessa Meylar bor edi.

Ammo, kolumbiyalik pop-yulduz Shakira bu zifatda qatnashishdan voz kechgandi.

Қодировнинг туғилган кунида Ҳолливуд юлдузлари қатнашди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:02 0:00
Бевосита линк

Xabarlarga ko‘ra, ziyofatda qatnashgan yulduzlarga bir necha yuz ming dollar miqdorida pul va sovg‘a-salomlar berilgan.

Yulduzlarining bu ziyofatda ishtirok etishlari Ramzan Qodirovni o‘ziga muxolif odamlarni qiynoqlarga solib o‘ldirishda ayblaydigan inson huquqlari tashkilotlarini g‘azablantirdi.

Xyuman Rayts Uotch tashkilotiga ko‘ra, Ramzan Qodirovni Chechenistonda odamlarni qiynoqqa solish va inson huquqlarini toptashda ayblab keladi.
XS
SM
MD
LG