Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 07:59

Ro‘mol o‘ragan ayol sudga tortildi


Momolarning ro‘molni tomoq tagidan o‘rash an‘anasi ham bugungi O‘zbekistonda diniy libos sifatida taqiqlanmoqda.
Momolarning ro‘molni tomoq tagidan o‘rash an‘anasi ham bugungi O‘zbekistonda diniy libos sifatida taqiqlanmoqda.
“Sirdaryoda ro‘mol o‘ragan ayol sud tomonidan jazolandi” deb xabar tarqatdi 12 oktyabr kuni “Ezgulik” jamiyati.

“Ezgulik” bayonotida aytilishicha¸ Sirdaryo viloyati Baxt shahar G‘alaba ko‘chasi 14/2-uyda ro‘yxatdan o‘tgan Manzura Kattaxo‘jayeva oq ro‘molni tomog‘ining tagidan bog‘lab yurgani uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumani sudi tomonidan eng kam maosh miqdorining 4 baravari – 286 ming so‘m miqdoridagi jarimaga tortilgan.

“Shu yilning 7 oktyabrida harbiy dala sudlariga xos tezkorlik bilan ko‘rilgan ma‘muriy huquqbuzarlik ishi O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 184-moddasi 1-qismi bilan malakalangan - fuqaro jamoat joylarida ibodat liboslarida yurgani uchun jazolangan”¸ deyiladi bayonotda.

“Men 10 yildan beri ham salomatligim bois¸ ham o‘zbek an‘analaridan kelib chiqib¸ oq¸ moviy yoki sariq kichik ro‘mollarni tomog‘im bilan qo‘shib¸ qattiq bog‘lab yuraman. Ko‘pincha shim kiyib¸ ustidan qora plash kiyib yuraman¸ meni ko‘rsangiz ustimdagining ibodat kiyimi emasligiga o‘zingiz ham ishonasiz”¸ deydi Ozodlik bilan suhbatlashgan Manzura Kattaxo‘jayeva.

O‘zbekistonda ayollarning ro‘molni bu shaklda o‘rashiga¸ hozircha rasmiy ruxsat bor....
O‘zbekistonda ayollarning ro‘molni bu shaklda o‘rashiga¸ hozircha rasmiy ruxsat bor....
- Mahalladan so‘radi¸ mahalla shunday yozib berdi, degan gapni qilishdi. Keyin telefon orqali chaqirishdi. Men to‘g‘rima- to‘g‘ri kirib boraverdim militsiyaxonasiga ro‘molimda. “Bu yurishingiz to‘g‘ri kelmaydi” deyishdi. Sud binosiga chaqirtirishdi. Sudya chaqirib, burchakka turg‘izdirib, “Endi boshyalang yuring. O‘ramang iloji bo‘lsa. Nima kerak sizga shunaqa muammolar?” deb gapirdi. Men yura olmayman. Tomoqdan bo‘g‘ib o‘rayapman. Agar betlarimni to‘sib olsam, katta ro‘mollarni osiltirib olsam, “Nimaga siz xalqdan ajralib turibsiz?” desa bo‘lar edi. O‘zbek ayollari doimiy ro‘molda yurganku. Onalarimiz, momolarimiz yurganku!deydi Ozodlik bilan suhbatda sirdaryolik 40 yashar ayol.

To‘rt bolamni o‘zim nihoyatda qiyinchilik bilan katta qilayapman¸ topganim ularning usti-boshiga yetmaydi¸ endi kichik bir ro‘molim uchun shuncha jarima to‘lashim kerakmi¸ deb eziladi sirdaryolik kasalavand ayol.

- Bo‘ynimga shuncha pulni qo‘yishdi. “Sharoitim yetmaydi. Hozir to‘lay olmayman” desam, “10 kunning ichida to‘lang¸ baribir to‘lashingiz kerak. Biz hech narsani bilmaymiz. Davlatning qonuni ¸ bajarishingiz kerak”¸ deb aytdi¸ deydi Manzura Kattaxo‘jayeva.

Ro‘molni bunday o‘rashga esa¸ ruxsat yo‘q.
Ro‘molni bunday o‘rashga esa¸ ruxsat yo‘q.
“Ezgulik” jamiyati faollari¸ qolaversa O‘zbekistondagi boshqa huquq faollari va musulmon ayollari bir necha yildan beri hukumat O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 184-moddasi 1-qismiga binoan¸ ro‘molni bo‘yni bilan qo‘shib o‘ragan ayollarga bosim qilayotgani haqida gapirib kelayapti. Ammo Manzura Kattaxo‘jayeva hozircha ro‘mol o‘ragani uchun sud qilinib¸ javobgarlikka tortilgan ayollarning Ozodlikka ma‘lum bo‘lgan birinchisidir.

Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1841-moddasida belgilanishicha:” Fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari — eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma‘muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”.

Frantsiya va Belgiya kabi musulmon bo‘lmagan jamiyatlarda xotin-qizlarning yuzni butunlay to‘sib yuruvchi niqob kiyishni taqiqlagani xalqaro maydonda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan holda¸ 90 foizdan ko‘proq aholisi islom diniga mansub bo‘lgan O‘zbekistonda xotin-qizlarning an‘anaviy ro‘mol o‘rashining ham taqiqlanishi jamiyat tomonidan ochiq qarshilikka uchramadi.

Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1841-moddasi bo‘yicha jazolanadigan “ibodat libosi”ga aniq rasmiy izoh berilmagani esa endilikda istalgan rasmiyning ro‘mol o‘ragan istalgan ayol javobgarlikka tortishi¸ undan rasmiy yoxud norasmiy asos bilan pul undirishiga eshik ochmoqda.

Musulmonlar jamiyati uchun jamoatchilik oldiga chiqish mumkin bo‘lmagan ibodat libosining qandayligi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Fatvo bo‘limi rahbari shayx Abdulaziz Mansurning 2010 yil yozida Ozodlikka bildirishicha¸ xech qanday fatvo berilmagan:

- Qur‘oni Karimda ham shunday oyat bor - Nur surasining 31-oyatida Olloh taolo aytadiki¸ “Boshlaringizdagi ro‘molingiz bilan ko‘kragingizni ham to‘sib oling” degan ma‘noda oyat bor. Shu oyatning sharhida o‘sha paytdagi arab ayollari boshida ro‘mol bo‘lsa ham ko‘kraklari ochiq yurgan ekan. Ko‘kragi keng bo‘lib avrat joylari ko‘ringanligi uchun o‘sha ro‘mollaringizni faqat boshingizda emas ko‘kragingizni ham yopib oling degan oyat bor. Bu degan so‘z¸ ko‘krakni yopish¸ albatta¸ boshdagi ro‘mol bilan bo‘lishi shart emas. Ko‘ylak bilan¸ erkaklarning ko‘ylagiga o‘xshagan nima bilan ham ko‘krakni tomoqqacha yopish mumkin. Shuning uchun ro‘molini boshidan olib kelib pastga tushirib¸ qulog‘ini ham yopib turib orqaga o‘rasa va tomoq tomoni ko‘ylak bilan yopilsa¸ mana shu ham hijobga ham o‘taveradi¸ milliy kiyimga ham o‘taveradi. Shariatimizda “yopilsin¸ yopib yursin” degan joyini yopgan bo‘ladi. Ayol kishi avrat joylarini yopib yurishi buyurilgan, degan edi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi boshlig‘i shayx Abdulaziz Mansur 2010 yilning 23 iyul kuni Ozodlik muxbiri bilan suhbatda.

Diniy qo‘mita bunday fatvoni hozirga qadar chiqarmagan¸ rasmiylar ham diniy libosning aniq tushunchasini belgilab bermagan bir kezda¸ sirdaryolik Manzuda Kattaxo‘jayeva kabi minglab musulmon ayollar nima qilishini bilmay¸ qo‘rquv va xavotirda yashamoqda:

-Sudya endi menga qaror chiqarib “Ikkinchi marta yana ro‘mol o‘rasangiz, sizni jinoiy javobgarlikka tortaman” degandan keyin qo‘rquvga tushib qoldim. O‘ramasam ham kasal bo‘lib ketaman, ham o‘zim o‘rgandim, shuni o‘rayman. “O‘rab chiqsam, ertaga men ushlab olsa, yana olib ketsa, keyin yana shtraf, yana meni qamab qo‘ysa nima qilaman” degan qo‘rquv bilan qo‘rqayapman. Men bir jinoyatchi emasman. Mening qo‘rquvim “Yana ro‘mol o‘rabsan deb sizni bosamiz. Sizni jinoiy javobgarlikka tortamiz. Siz ko‘zingizni oching” deyapti¸ deydi sirdayolik ayol.

Manzura Kattaxo‘jayevaning 12 oktyabr kuni Ozodlikka bildirishicha¸ Sirdaryo tuman sudi hozirga qadar sud hukmini uning qo‘liga yozma ravishda topshirmagan. “Ular menga na qo‘l qo‘yilgan na va muhr bosilmagan qog‘ozni ko‘rsatib¸ tezda jarima to‘lashimni talab qilmoqda”¸ deydi ro‘mol o‘ragani uchun sud qilingan bu ayol.

“Ezgulik” jamiyati Sirdaryo tuman sudi hukmi Kattaxo‘jayevaga topshirilganidan so‘ng¸ undan shikoyat qilib yuqori instantsiya sudiga murojaat qilish lozimligini ta‘kidlamoqda.
XS
SM
MD
LG