Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:04

Ukraina O‘zbekistondan avtomobil importini cheklashi mumkin


Xalqaro savdo bo‘yicha Idoralararo komissiya qaroriga muvofiq Ukraina Vazirlar mahkamasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Deu Neksiya va Deu Matiz rusumidagi avtomobillar importiga cheklov belgilash masalasini ko‘rib chiqishni rejalagan.

AUTO-Consulting sayti xabariga ko‘ra, Vazirlar mahkamasi Ukraina bozorini o‘zbek avtomobillari uchun deyarli yopishi mumkin.

Boisi Komissiya yiliga atigi uchta avtomobilga kvota taklif qilgan. Ya‘ni o‘zbekistonlik dilerlarga motor hajmi 1000 kub santimetrgacha bo‘lgan bitta Matiz, motori 1000 kubdan 1500 kub santimetrgacha bo‘lgan bitta Neksiya va motor hajmi 1500 kub santimetrdan ko‘p bo‘lgan bitta Lasetti avtomobilini Ukrainaga olib kirishga ruxsat berish taklif qilingan.

Ta‘kidlash joizki, 2010 yil Ukrainada 3 ming 109ta va joriy yilning to‘qqiz oyi davomida 5 ming 205ta O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil sotilgan.
XS
SM
MD
LG