Линклар

logo-print
Sony Pictures shirkati o'tgan hafta olamdan o'tgan texnologiya dunyosi dahosi Stiv Jobsning ayni damda yozilayotgan biografiyasini sotib olmoqchi va uning asosida kinofilm yaratmoqchi.

Eslatamiz, Apple shirkatining tarjimai holini yozish bir qator qiziqarli asarlar muallifi Uolter Ayzaksonga (Walter Isaacson) nasib etgan edi. 2012 yilda tugalishi belgilangan biografiya Jobsning kutilmagan o'limi tufayli shu yilning oktabr oyi ohiriga jildirilgan.

Xabarlarga ko'ra, Facebook tarmog'i va uning asoschisi haqida "Ijtimoiy Tarmoq" filmini yaratgan Sony Pictures shirkati Jobs hayoti haqida kino olish huquqini qo'lga kiritish uchun Ayzaksonga 1 million AQSh dollar taklif etgan.

Biografiyasini yozish uchun yozuvchi Uolter Ayzaksonni Jobs o'zi tanlagan edi. Aytishlaricha, biografiya Jobs bilan o'tkazilgan 40 da ortiq intervyular va uning yarinlari, tanishari va konkurentlari bilan o'tkazilgan 100 dan ortiq suhbatlar asosida yozilmoqda.

Apple shirkati asoschisi, o'zi asos solgan shirkatdan sharmandalarcha haydalib va 10 yildan so'ng unga qaytgan, keyinroq esa shirkatni texnologiyalar dunyosidagi yetakshi brendga aylantirgan Stiv Jobs o'tgan hafta 56 yoshida saraton kasalligi tufayli olamdan ko'z yumgan edi.
XS
SM
MD
LG