Линклар

logo-print
Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubi 15 oktabr kuni O'zbekiston Oliy ligasi 2011 mavsumining muddatidan avvalgi chempioniga aylandi.

14 oktabr kuni Namangan shahrida o'tgan o'yinda "Navbahor" klubining "Paxtakor" jamoasi ustidan 2:0 hisobi bilan erishgan g'alabasi toshkentlik "qaldirg'ochlar" uchun chempionlik masalasini marraga uch tur qolganida nishinonlashi uchun qulay fursat yaratgan edi.

"Bunyodkor" jamoasi 15 oktabr kuni "Neftchi" klubiga qarshi o'yinda 1:0 hisobi bilan g'alaba qozonib, ushbu fursatdan unumli foydalandi va muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritdi. "Bunyodkor"ning jadal hujumlari va "Neftchi"ning munosib qarshiliklariga boy o'tgan o'yinda hisob faqat ikkinchi bo'limda Kamoliddin Murzoyev tarafidan o'childi. Ushbu gol o'yinda yagonaligicha qoldi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Bunydkor" jami bo'lib 58 ochkoga ega bo'ldi. Chempionatning qolgan yana uch turiga qaramasdan "Bunyodkor"ni endi na ikkinchi o'rinda kelayotgan "Nasaf" va na uchinchi o'rindagi "Paxtakor" quvib o'ta oladi.

Eslatamiz, 2005 yilda tashkil topgan "Bunyodkor" futbol klubi 2008 yildan beri qatorasiga O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG