Линклар

O‘zbekiston uch yil davomida BMTning Jahon sayyohlik kengashida faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston 2011-2015 yillar davomida BMT Jahon sayyohlik tashkilotining Ijroiya kengashi a‘zoligiga saylandi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga qarashli “Jahon”agentligi ma‘lumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 4 mingdan ziyod tarixiy-me‘moriy yodgorliklar mavjud.

Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzdagi ko‘hna yodgorliklar YuNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

2010 yili O‘zbekistonga 1,3 milliondan ziyod sayyoh kelgan, bu 2009 yilga nisbatan 6,9 foizga ko‘pdir.

Joriy yilning birinchi yarmida sayyohlik xizmatlari ko‘rsatish sur‘atining hajmi 27 foizga oshgan.

2011 yilning yanvar-iyun oylarida 71 sayyohlik korxonasi va 29 mehmonxona ishga tushdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 782 ta sayyohlik korxonasi, 294 ta mehmonxona hamda 450 turoperator faoliyat ko‘rsatmoqda.

Sharhlovchilarning fikricha, O‘zbekiston Yevropa sayyohlari orasida chinakam katta qiziqish uyg‘otmokda. Shu munosabat bilan, tarix javohirlari bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari bo‘ylab o‘tuvchi an‘anaviy sayyohlik yo‘nalishlari bilan bir qatorda rivojlanayotgan boshqa sayyohlik yo‘nalishlari, xususan chet ellik sayyohlarni qabul qilish uchun kerakli sharoitlarga ega Farg‘ona vodiysi o‘ziga kishi e‘tiborini tortmoqda.

Shu o‘rinda qishloq xujaligi sayyohligi ham e‘tiborga loyiqdir. O‘zbekistondagi urf-odatlar va an‘analar, xususan to‘ylar, xalq og‘zaki ijodi, musiqalari respublikaning turli viloyatlaridagi bayramlar o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi.
XS
SM
MD
LG