Линклар

Ugom-Chotqol qo‘riqxonasida noyob sanaluvchi qor barsini otib o‘ldirgan militsiya xodimi, kapitan Farhod Egamberdiyev javobgarlikka tortilmadi.

Bu haqda xabar qilgan Newsuz.com sayti ma‘lumotiga ko‘ra,Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani IIB tezkor xodimi Farhod Egamberdiyev o‘rniga uning ukasi mahkamaga tortilgan.

Sayt "Zerkalo XXI" gazetasidagi maqolaga tayanib yoyinlagan ma‘lumotiga ko‘ra, 2008 yilning 10 fevralida tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi nozirlari kapitan Farhod Egamberdiyev boshqaruvidagi “Jiguli” avtomobilini to‘xtatganda, mashinaning yukxonasidan qor barsining hali qurib ulgurmagan terisi topiladi.

Egamberdiyev yuk unga tegishli ekanligini aytadi, biroq bu borada tuzilgan bayonnomaga imzo chekishdan bosh tortadi.

Keyinchalik kapitan Egamberdiyevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 202-moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atiladi.

Biroq Farhod Egamberdiyev o‘rniga uning ukasi Sayfiddin Egamberiyev mahkamaga tortiladi.

Sud 27 million 945 ming so‘m jarima soladi va Sayfiddin Egamberdiyevga tegishli 3 sigir, 3 novvos, 1 buzoq, 16, qo‘y, 10 echki va 4 otni zararni qoplash uchun xatlab qo‘yadi.

Biroq Egamberiyevlarning otasi bu chorva mollari unga tegishli ekanligini da‘vo qilib, sudga murojaat qiladi.
XS
SM
MD
LG