Линклар

logo-print
Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida 600 ming tonnadan ziyod o‘zbek paxtasini sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Shuningdek, O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha qiymati 550 million AQSh dollaridan ziyod hajmdagi shartnomalar imzolandi.

Bu haqda xabar qilgan O‘zA ma‘lumotiga ko‘ra, yarmarka nihoyasiga yetgan bo‘lsa ham shartnomalar imzolash hali davom etmoqda.

Yarmarkada Rossiya, Xitoy, Bangladesh, Hindiston, Turkiya kabi jami 38 davlatdan 330 shirkatning 660 vakili ishtirok etdi.

O‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha jahonda oltinchi¸ paxta tolasi eksporti bo‘yicha esa¸ uchinchi o‘rinda turadi.

O‘zbekistonda yiliga 3¸5 million tonnaga yaqin paxta¸ 1-1¸2 million tonnaga yaqin paxta tolasi olinadi.

18 sentyabr kuni O‘zbekiston hukumati paxta yetishtirishda bolalar mehnatidan foydalanayotgani bois jahonning 60 dan ortiq yetakchi kiyim-kechak shirkati o‘zbek paxtasiga boykot e‘lon qilgan edi.

O‘zbekiston bu kabi boykotlarga qaramay 600 ming tonnadan ziyod paxta tolasi sotish bo‘yicha shartnoma imzolashga erishgan shu kunlarda ham mamlakat dalalarida hatto 1-sinf bolalari ham paxta terayotganini xabar qilmoqda huquq faollari.
XS
SM
MD
LG