Линклар

logo-print

Dunyoning 950ta shahrida iqtisodiy tengsizlikka qarshi namoyishlar bo‘ldi


Namoyishchilar Rim markazidagi bank binosi oynalarini sindirmoqda. 2011 yil 15 oktabr.

Namoyishchilar Rim markazidagi bank binosi oynalarini sindirmoqda. 2011 yil 15 oktabr.

Iqtisodiy tengsizlikka qarshi dunyo bo‘ylab 15 oktabr kuni norozilik namoyishlari o‘tkazildi.

Eng yirik namoyish Italiyada bo‘ldi. Poytaxt Rimda politsiya kuchlari tosh va o‘t chiqaradigan molotov kokteyllari otgan namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv sepadigan qurollarni ishga soldi.

Politsiya va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuv tunga qadar davom etdi.

Birinchi bo‘lib norozilik harakati boshlangan AQShning Nyu York shahrida Time Square maydoni tomon yurish qilgan 70 namoyishchi qo‘lga olindi.

Frans press axborot agentligi xabariga ko‘ra, 15 oktabr kuni Osiyo, Yevropa, Afrika va Amerikaning 82 mamlakatidagi 951ta shaharda iqtisodiy tengsizlikka qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazilgan.
XS
SM
MD
LG