Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:45

O'zbekistonliklar Youtube saytida: Yosh o'zbek Maykl Jeksoni


"Yosh to'lqin" tahririyati "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknini yangi maqolalar bilan to'ldirishni davom etadi. Bu ruknda biz o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarning mashhur YouTube portaliga joylashtirgan qiziqarli videolarini e'tiboringizga havola etamiz.

Bu safar sizning e'tiboringizga havolar qilmoqchi bo'lgan videomiz ushbu rukn qoidalariga to'lig'icha to'g'ri kelmagani bois, biz uni istisno qatorida qo'ymoqdamiz. Chunki video lavhadagi 4 yoshli bolakay Nurmuhammad Nodirov o'zbek, biroq o'zbekistonlik emas.



Video lavhada aytilganiday, Turkiyada "Yetenek Sizsiniz" iqtidorlar teleshousida qatnashayotgan yosh o'zbek Maylk Jeksonining ota-onasi ayni damda Turkiyada istiqomat qilayotgan qirg'izistonliklardir.

Nurmuhammadning onasi raqsga tushishni o'g'liga hech kim o'rgatmaganligi va uning o'zi televizor va internet orqali raqs sirlarini o'rganayotganligi aytadi.

Yuqoridagi video lavhaga linkni bizga Jasur imsli mushtariyimiz yo'lladi.

***
YouTube portalida o'zbekistonliklarning qiziqarli videolariga ko'zingiz tushdimi? Unda albatta video linkini bizning yoshtolqin@gmail.com elektron manzilimizga jo'nating. Biz ularni albatta "O'zbekistonliklar YouTube saytida" ruknimizga joylashtiramiz.
XS
SM
MD
LG