Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:32

Uch kun ichida iPhone 4S ning 4 million donasi sotildi


Apple shirkati asoschisi Stiv Jobs iPhone 4 smartfonini e'lon qilmoqda, 4 iyun 2010 yil. Jobs iPhone 4S e'lon qilinganidan ikki kun o'tib - 6 oktabr kuni saraton kasalligidan ko'z yumdi.
Apple shirkati asoschisi Stiv Jobs iPhone 4 smartfonini e'lon qilmoqda, 4 iyun 2010 yil. Jobs iPhone 4S e'lon qilinganidan ikki kun o'tib - 6 oktabr kuni saraton kasalligidan ko'z yumdi.
Apple shirkatining o'tgan hafta sotuvga chiqgan yangi iPhone 4S smartfoni rekordlarni urmoqda. Shirkat tarqatgan rasmiy ma'lumotga ko'ra, uch kun ichida iPhone 4S mobil telefonining 4 million donasi sotilgan.

Solishtiradigan bo'lsak, 2010 yili sotuvga chiqgan iPhone 4 rusumidagi smartfoning birinchi uch kun ichida 1,7 million donasi sotilgan edi.

Yangi iPhone eskilariga qaraganda o'zining tezkor protsessori, takomillashgan kamerasi va Siri nomli telefonni ovoz bilan boshqaruvchi dasturiga ega. 4 oktabr kuni e'lon qilingan Phone 4S smartfoni o'tgan hafta juma kuni savdo rastalariga chiqgan edi.

Bundan oldin xabar berganimizdek, aksar Apple mahsulotlari shaydolari "tishlangan olma"dan iPhone'ning 5-avlodini kutgan edi. Shu bois 5-model o'rniga 4-avlodning takomillashgan varianti e'lon qilingada ko'pchilikning Apple'ga nisbatan hafsalasi bir bo'lgan edi.

Biroq shunga qaramasdan sotuvga chiqgan iPhone 4S ning rekordlarni urishi Apple mahsulotlariga iste'molchilar orasida katta talab kattaligi ko'rsatadi.

Mutahassislarning izohiga ko'ra, bu Apple shirkatining oqilona boshqarayotgan marketing strategiyasi natijasidir.

Ayni damda iPhone 4S AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Fransiya va Yaponiyada sotuvga chiqga. Oktabr ohiriga borib Applening yangi smartfoni yana 22 mamalakatda sotila boshlaydi. Yil ohirida esa yangi iPhone jami bo'lib 70 mamlakat bozorlariga chiqadi.
XS
SM
MD
LG