Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:28

O'zbekistonga kelayotgan sayyohlarning 85 foizi qariyalar


O‘zbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlarning 85 foizi 55 va undan yuqori yoshdagi qariyalardir.

Bu haqda O‘zbekiston Turizm vazirligi ma‘lum qildi. Vazirlik rasmiylariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich O‘zbekistonga qiziqish nafaqa yoshidagi sayyohlar orasida yuqori ekanidan dalolatdir.

O‘zbekiston Turizm vazirligiga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi turizmning ulushi so‘nggi olti oy ichida 1,8 foizni tashkil etgan.

Hozirda O‘zbekistonda hammasi bo‘lib 782ta sayyohlik shirkati, 450dan ziyod mehmonxonalar bor.

Chet ellik sayyohlarni jalb etish uchun O‘zbekiston ulkan turistik potentsialga ega.

Mamlakat hududida 4 mingdan ziyod arxitektura yodgorliklari mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi zoroastrizm va temuriylar davriga oid obidalardir.

Ayni paytda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi chet eldagi sayyohlik shirkatlari bilan kelishib, O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat dasturlarini ochgan va ularga uyg‘un narxlarni taklif etishni rejalamoqda.
XS
SM
MD
LG