Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:09

"Nasaf" - "Al-Vihdat" o'yinini biz bilan tomosha qiling


Bugun, 18 oktabr kuni Qarshining "Nasaf" futbol klubi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) kubogi yarim finali doirasida Iordaniyaning "Al-Vihdat" klubiga qarshi javob o'yinini o'tkazadi. Uchrashuv Iordaniyada Qirol Abdulloh Xalqaro statdionida o'tadi.

"Yosh to'lqin" tahririyati "Al-Vihdat" - "Nasaf" uchrashuvini jonli efir orqali sayt ichida olib beradi. Eslatamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.

Esingizda bo'lsa, yarim final birinchi uchrashuvi Qarshida kuchli yomg'ir ostida o'tgan edi va unda "Nasaf" jamoasi iordaniyaliklar ustidan 1:0 hisobi bilan g'alaba qozongan edi.

Kubok finaliga chiqish uchun bugungi uchrashuvda "Nasaf" jamoasini, birinchi uchrashuvdagi g'alabani hisobga olganda, durang ham qoniqtiradi.

"Nasaf" klubi bosh murabbiyi Aleksandr Demyanenkoga ko'ra, bugungi o'yinga 21 nafar futbolchi hozirlik ko'rayapti va yaxshi formadaligini ko'rsata olgan o'yinchilar maydonga tushiriladi.

"Al-Vihdat" bosh murabbiyi esa uning jamoasi o'z uyida o'tadigan o'yinda iloji boricha g'alaba qozonishga va o'z darvozasini dahlsiz ushlab qolishga intilishini aytib o'tdi.

OFK kubogi yarim finalidigai ikkinchi juftlikning javob o'yini ham bugunga belgilangan. "Quvayt" jamoasi o'z uyida Iroqning "Arbil" jamoasini qabul qiladi.

OFK kubogi finali 29 oktabrga belgilangan.

Qarshilik "ajdarlar"ga omadlar tilab qolamiz!
XS
SM
MD
LG