Линклар

Farg‘ona vodiysida musiqiy faoliyat ko‘rsataëtgan 800 nafar san‘atkordan faqat 80 nafari litsenziya olgan.

Bu fikrni Ozodlikka bildirgan “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari Ikromjon Jalilovga ko‘ra¸ ayni kunlarda Soliq qo‘mitasi huquq tartibot organlari xodimlari bilan birgalikda to‘ylarda muttasil reyd o‘tkazmoqda.

Reyd davomida musiqiy faoliyati uchun litsenziyasi bo‘lmagani aniqlangan yakkaxon ashulachi¸ o‘rtakash¸ doirakash¸ surnaychi va qo‘shnaychilar jarimaga tortilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 29 iyundagi 285-sonli qaroriga ko‘ra gastrol –kontsert faoliyati¸ shuningdek to‘y¸ yubiley va boshqa tantanalarda xizmat ko‘rsatish faoliyati litsenziyalangan.

“O‘zbeknavo” vakili Ikromjon Jalilovga ko‘ra¸ bu qaror chiqqaniga 10 yildan oshgan bo‘lsa-da¸ san‘atkorlarning katta ko‘pchiligi litsenziya olishga shoshmayapti.

- Litsenziya narxining yiliga 150 dollarning nari-berisida ekanini hisobga olsak¸ qo‘shiqchilarning buni to‘lamasdan yurishi g‘irt noinsoflikdir.

"Qaror bahonasida qo‘shiqchilikni kasb qilgan olganlar bir tarafda qolib¸ to‘y-po‘yda bir-ikki qo‘shiq aytib qo‘ygan¸ askiya aytgan xalqdan chiqqan ijodkorlar jarimaga tortilmayabtimi"¸ degan savolimizga Ikromjon Jalilov rad javobini berdi.

- Xalq og‘zaki ijodi vakillari¸ qiziqchilarga tegmayapmiz. Bizni nazarimiz qo‘shiqchilikni yil 12 oy tirikchilik manbai qilib olganlarga qaratilgan.

Ismi aytilishini istamagan xorazmlik qo‘shiqchining Ozodlikka bildirishicha shu kunlarda “O‘zbeknavo” nazoratchilari to‘yma-to‘y kezib litsenziyasiz qo‘shiqchilarni ovlamoqda. Oqibatda to‘ylar to‘palonga aylangan.

“O‘zbeknavo”ning Xorazmdagi idorasi rahbari O‘ktambek Ahmedov bu e‘tirozga javob berdi.

- Biz belgilangan reja asosida reydlar o‘tkazyapmiz. Ammo biror holatda to‘ylar buzilishiga¸ to‘ylarning musiqasiz qolishiga sabab bo‘lmadik. Tanaffus paytida ëki to‘ydan keyin san‘atkorni chetga tortib litsenziyasi bor-yo‘qligini so‘rayapmiz.

Suhbat davomida O‘ktambek Ahmedov o‘zining ham san‘atkor ekani va bir to‘ydan tushadigan pul bir yillik litsenziya uchun yetib ortishini ta‘kidladi.

O‘zbekistonda san‘atkorlar faoliyatni litsenziyalash¸ ular ustidan nazorat o‘tkazishning samarali vositasi sifatida ko‘riladi.

“Asr” guruhi qo‘shiqchisiz Abdulaziz Karim kriminal avtoritet deb bilingan Salim Abduvaliyevni madh qilgani uchun litsenziyadan mahrum qilingan.

Ayni paytda litsenziyaning mavjudligi ham san‘atkorga darhol yashil chiroq ëqmaydi.

Sherali Jo‘rayev¸ Yulduz Usmonova¸ Feruza Jumaniëzova kabi xonandalar va Obid Asomov kabi qiziqchilar litsenziyasi bo‘la turib ijodiy faoliyati cheklanganini aytib kelishadi.
XS
SM
MD
LG