Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:15

Keynning “Ubeki-beki-beki-beki-stan-stan”i diqqat markazida qolmoqda


Heyman Keyn
Heyman Keyn
AQSh prezidentligiga Respublikachilardan nomzod Herman Keyn O‘zbekistonni “kichik va ahamiyatsiz” davlat deya atagani Amerika matuboti diqqat markazida qolmoqda.

Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Karolin Lemm respublikachi Keynning bayonotiga keskin munosabat bildirdi.

“Mamalkatimizga yetakchilik qilmoqchi bo‘lgan har qanday odam tashqi munoasabatlarimizning muhim jihatlarini bilishi shart”, dedi Lemm xonim Vashingtonning O‘zbekiston bilan munosabatlarni yaxshilashga urinayotganiga shama qilib.

Ayni paytda CNN telkanali Keynning bayonotiga munosabat tarzida Nyu York ko‘chalarida “O‘zbekiston prezidentini taniysizmi”, degan so‘rov o‘tkazdi. CNN muxbiri Richard Ralf bilan gaplashgan nyu-yorkliklarning birortasi prezident Islom Karimovni tanishini aytmadi.

O‘zbekistonning BMTdagi elchisi bu xususda izoh berishdan bosh tortdi.

Eslatamiz, o‘tgan hafta CBN kanali intervьyusi chog‘ida Herman Keyn O‘zbekiston prezidenti kim, degan savolga “Ubeki-beki-beki-beki-stan-stan” kabi “qandaydir kichik va ahamiyatsiz davlat rahbarining ismini bilish” shart emas, qabilida javob bergan edi.

XS
SM
MD
LG