Линклар

Seshanba kuni Sankt-Peterburgda MDH bosh vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekistondan bosh vazir birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov qatnashdi.

Majlisda MDH mamlakatlari o‘rtasida erkin savdo hududi yaratish masalasi ko‘rib chiqildi. Rossiya telekanallari, Vladimir Putinning “kutilmaganda” bunga oid hujjat qabul qildik, degan so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda.

Biroq Putinning Yevroosiyo Ittifoqini tuzish g‘oyasi debochasi deb ko‘rilayotgan erkin savdo hududiga oid hujjatni O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkmaniston vakillari imzolmadi. ITAR-TASS agetningligining xabar qilishicha, bu davlatlar mulozimlari mazkur masalani yil oxiriga qadar ko‘rib chiqishni va‘da qilish bilan cheklangan.

Putin Rossiya prezidentligiga nomzodini e‘lon qilgach ilgari surgan Yevroosiyo Ittifoqi g‘oyasi ko‘pchilik tahlilchilar tomonidan sobiq SSSRni tiklashga harakat qilish, deya baholanmoqda.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG