Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:54

Hillari Klinton GM Uzbekistan zavodini borib ko‘radi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Elyor G‘aniyev va AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Elyor G‘aniyev va AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton.
AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton kelasi yakshanba kuni O‘zbekistonga safari davomida GM Uzbekistan qo‘shma korxonasiga qarashli avtomotorlar ishlab chiqaradigan yangi zavodni borib ko‘radi. Bu haqda General Motors Co. Shirkatiga tayanib, The Detroit News gazetasi xabar qildi.

“Klinton GM shirkatining Toshkentdagi yangi avtomotor zavodiga boradi”, dedi shirkat rasmiysi Greg Martin.

Qariyb 522 million AQSh dollariga teng yangi zavod qurilishi haqida o‘tgan yil boshida e‘lon qilingan edi. GM Toshkent viloyatida qurilgan va noyabrda ishga tushishi kutilayotgan zavodning 52 foiz aktsiyalariga egadir, qolgan 48 foizi O‘zAvtosanoatga tegishli. Unda yiliga 225 ming dona 1, 1,2, 1,4 va 1,5 litr hajmidagi motorlar ishlab chiqarilishi va GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi mashinalari chiqadigan Asaka zavodiga yuboriligi ko‘zda tutilgan.

GM Uzbekistan 2008 yilda tuzilgan qo‘shma korxona bo‘lib, uning 75 foiz ulushi O‘zAvtosanoat, 25 foiz aktsiyalari esa Amerika shirkatiga qarashlidir.

Qo‘shma korxonada 6600 kishi ishlaydi va yiliga Chevrolet markasidagi 200 ming dona yengil avtomobillar ishlab chiqariladi.

AQSh Davlat kotibining 22-23 oktyabr kunlari O‘zbekistonga safar qilishi haqida o‘tgan hafta oxirida ma‘lum bo‘ldi. Aytilishicha, ushbu tashrif haqida o‘tgan oyda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Elyor G‘aniyevning Vashingtonga safari chog‘ida kelishib olingan.

O‘zbekiston hududidan o‘tadigan Shimoliy Ta‘minot Tarmog‘i orqali Afg‘onistonga yuklar tranzitini oshirish ilinjida Vashintonning Toshkent hukumati bilan aloqalarni yaxshilashga urinayotgani inson huquqlari tashkilotlari tomonidan tanqid qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG