Линклар

Шошилинч хабар
30 март 2024, Тошкент вақти: 06:39

Jon Lennonning qurt yegan tishi uchun 10 ming funt sterling


Jon Lennon va uning rafiqasi Yoko Ono, 1980 yil Nyu York.
Jon Lennon va uning rafiqasi Yoko Ono, 1980 yil Nyu York.
O'tgan asrda ijod etgan, taniqli "The Beatles" rok-guruhi solisti Jon Lennonga tegishli qurt yegan tish kim oshdi savdosiga qo'yiladi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Savdo 5 noyabr kuni Buyuk Britaniyaning "Omega Auctions" nomli kim oshdi savdosi uyida o'tkazilishi kutilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, bir vaqtlar Lennondan sug'urib olingan qurt yegan tish uchun kamida 10 ming funt sterling (15,8 ming AQSh dollari) so'ralmoqda.

Rok yulduzining tishi shu vaqtgacha Dot Jarlet oilasida saqlanayotgan edi. Jarlet xonim Lennon tiriklik vaqtida uning uyida xizmatkor bo'lib ishlagan. Doktor yordamida olingan tishini Jon Lennon xizmatkori Dot Jarletga taqdim qilgan, chunki uning qizi "Bitz"ning ashaddiy muxlisi bo'lgan, deyiladi xabarda.

Jon Lennon 1940 yili Britaniyaning Liverpul shahrida tug'ilgan. Taniqli qo'shiqchi, shoir, kompozitor va rassom. Lennon "The Beatles" rok-guruhining asoschilaridan biri. U nafaqat o'z talanti, balki yaratgan asarlarida ifoda etilgan siyosiy qarashlari bilan ham mashhur. Jon Lennon yaratgan san'at asarlarining eng mashhurlaridan biri "Imagine" (Tasavvur et - tahr.) qo'shig'idir. Lennon 1980 yili otib o'ldirilgan.
XS
SM
MD
LG