Линклар

logo-print
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari seshanba kuni telefon orqali suhbatlashdi. Regnum agentligining Ashxobod rasmiylariga tayanib, xabar qilishicha, Islom Karimov bilan Qurbonquli Berdimuhammedovlar ikki tomonlama munosabatlardagi usutvor masalalarni muhokama qilgan.

Turkmaniston prezidenti devoni taqatgan bayonotda aytilishicha, prezidentlar “ikki birodar xalqning manfaatlariga javob beradigan savdo-iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirish potentsiali va keng imkoniyatlari” to‘g‘risida fikr almashgan.

Karimov-Berdimuhammedov telefon suhbati bo‘lib o‘tgan kun, ya‘ni 18 oktyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida MDH mamlakatlari bosh vazirlarining yig‘inida muhokama qilingan erkin savdo zonasi to‘g‘risidagi shartnomani O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon vakillari imzolmagan edi.

Ashxobod yetakchisi o‘zbekistonlik hamkasbini u istagan paytda Turkmanistonga tashrif buyurishni taklif qilgan.
XS
SM
MD
LG