Линклар

Turkiya kuchlari jangovar uchqichlar va vertolyotlar yordamida shimoliy Iroqqa bostirib kirdi. Bunga bir necha soat avval kurd janggarilari Turkiya chegarachilariga hujum qilib 24 askarni o‘ldirgani sabab bo‘ldi.

Bu keyingi bir necha yil ichida kurd janggarilari tomonidan Turkiyaga qilingan eng talafotli hamla bo‘ldi. Kurdiston ishchilar partiyasi janggarilari bir paytning o‘zida Turkiyaning bir nechta chegara postiga hujum uyushtirdi.

Hujum haqida ma‘lum bo‘lgach, Qozog‘istonga safarini bekor qilgan Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdo‘g‘on hujumchilar “ta‘qib qilinayotganini” ma‘lum qildi.

NTV telekanalining xabar qilishicha, Turk qo‘shinlari va havo dessanti Iroq ichkarisiga 4 kilometr masofagacha bostirib kirgan.

Xabarlarga ko‘ra, Turkiya-Iroq chegarasining ikki nuqtasida janglar ro‘y bermoqda.

AQSh Prezidenti Barak Obama turk askarlariga qilingan hujumni “o‘taketgan terrorchi hujum”, deya qoraladi. NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen ham kurd janggarilari hujumini qoraladi.
XS
SM
MD
LG