Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:32

O‘zbekistonliklar Hajga yo‘l oldi


O‘zbekistonlik ziyoratchilar bu mavsumda ham Saudiya Arabistonidagi ibodatlarini Madinai Munavvara shahridan boshlaydilar.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar bu mavsumda ham Saudiya Arabistonidagi ibodatlarini Madinai Munavvara shahridan boshlaydilar.
19 oktyabr kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki 240 nafari Toshkentdan Madinaga uchdi.

Kecha tushdan so‘ng esa yana 245 kishi Toshkent aeroportidan Saudiya Arabistoniga uchib ketdi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, bu yil Haj va Umra ibodatlarini ado etishni niyat qilgan 5080 nafar ziyoratchi faqatgina Toshkent aeroportidan emas, balki Buxoro, Namangan, Samarqand, Termiz, Urganch va Qarshi aeroportlaridan ham uchish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday qarorga ziyoratchilarga qulaylik tug‘dirish maqsadida kelingani aytilmoqda.

Saudiya Arabistoniga ketish oldidan ziyoratchilar menigokokk va tumovga qarshi emlanganlar. Ularga Haj manosiklari batafsil yozilgan videomateriallar va “Hajnoma” kitobchalari tarqatilgan.

O‘zbekistonlik ziyoratchilar beshinchi farz adosini Madinai Munavvarada boshlashlari kutilmoqda. Bu yerda to‘rt kun turgach, ular Makkai Mukarrama tomon yo‘l oladilar.

O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma‘lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Madinada Rasululloh masjididan 150 metr naridagi Abrojut-Toyyiba mehmonxonasida, Makkada esa tavof qilinajak Masjidul-Haramdan qariyb 5 kilometr uzoqlikdagi Burjul-Muhammadiya mehmonxonasida istiqomat qiladilar. Ularga mavsum davomida 30 kishidan iborat ishchi guruh, 30 nafar shifokor va 10 nafar oshpaz xizmat ko‘rsatishi aytilmoqda.

Saudiya Arabistonida bu yil Qurbon hayiti (Iydul-Azho) oy chiqishiga qarab, 5 yoki 6 noyabrga (Zulhijja oyining 10 kuni) to‘g‘ri kelishi mumkin.
XS
SM
MD
LG