Линклар

Yangi internet texnologiyalardan faol foydalanuvchi Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev endi taniqli ijtimoiy tarmoq Facebook saytida ham yozishni boshlaydi. Bu haqda Dmitriy Anatolyevich 20 oktabr kuni o'z Twitter sahifasida e'lon qildi.

- Facebook'da ham yozishga qaror qildim. O'qinglar!, - deb yozilgan edi Twitter mikroblog xizmatidagi @MedvedevRussia sahifasida.

Medvedevning Facebook saytidagi rasmiy sahifasi 2010 yilning yanvar oyidan beri bor. Biroq shu kungacha u sahifada News.kremlin.ru saytidagi va prezidentning rasmiy blogidagi maqolalarga linklar qo'yilar edi.

Medvedevning Twitter sahifasidagi so'ngi xabar Facebook sahifasida ham chop etilganini hisobga olsak, endi prezidentiing Facebook'dagi sahifasi uning Twitter sahifasini takrorlaydi. Yani, birinchisida yozilgan xabar avtomatik ravishda ikkinchisida ham chop etila boshlaydi.

Bir oy oldin 46 yoshni qarshilagan Rossiya prezidenti sobiq Sovet Ittifoqi xududidagi prezidentlar orasida o'zining internet ijtimoiy tarmoqlaridagi faolligi bilan ajralib turadi. Twitter mikroblog xizmatining o'zida Medvedevning ikkita sahifasi bor - @KremlinRussia va @MedvedevRussia. Birinchisi to'liq rasmiy tusga ega bo'lsa, ikkinchisi prezidentining shaxsiy sahifasidir.

Aytib o'tish joiz, Medvedevning Twitter saytidagi shaxsiy sahifasi rasmiyiga solishtirganda ancha mashhurroqdir. Bugungi kunga kelib @MedvedevRussia sahifasiga 584 ming tvitterchi (follower) obuna bo'lgan.

Dmitriy Medvedevning Rossiyada taniqli bo'lgan LiveJournal blog xizmatida ham o'z sahifasi bor. 2008 yilda esa Kremlning rasmiy veb-saytida Medvedevning video-blogi ishga tushirilgan edi.

O'zbekistonga qaytsak. Afsuski, O'zbekistonda yuqori eshelon amaldorlarinig birortasi ham* o'z ishida internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmaydi.

* Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevniki deyilayotgan Facebook saytidagi "online matbuot xizmati" aslida kimga tegishli ekanligi hozircha noma'lum.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG